Молия ва Халқ таълими вазирликларининг идоралараро делегацияси жорий йилнинг 30 июлидан 6 августига қадар ишчи ташриф билан Корея Республикасида бўлиб қайтди. Делегация таркибига кирган вазирлик ва идоралар бўлинма бошлиқларига Халқ таълими вазири ўринбосари Атабек Назиров бошчилик қилди. |
Qadrli va muhtaram ustozlar!
Avvalo, siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda ustoz degan sharafli nomni ulug‘lab kelayotgan yurtimizdagi barcha insonlarni umumxalq bayrami – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Bugun ushbu qutlug‘ ayyomni mamlakatimizda keng nishonlar ekanmiz, birinchi navbatda qadrdon maktabimiz, bizga harf o‘rgatgan, ezgulikdan saboq bergan mehribon muallimlarimiz siymosi ko‘z oldimizda namoyon bo‘ladi. Biz uchun ibrat namunasi, yuksak insoniy fazilatlar timsoli bo‘lgan sizlar kabi aziz va mo‘tabar zotlar sha’niga eng go‘zal so‘zlar, ezgu tilaklarimizni izhor etamiz. Sizlarning barchangizga hech qachon uzib bo‘lmaydigan qarzdorlik hissi bilan ta’zim qilamiz. Buyuk Alisher Navoiy bobomiz aytganlaridek, dunyoning bor boylik va xazinasi bilan ham sizlarning olijanob mehnatingiz haqini ado etib bo‘lmaydi. Haqiqatan ham, har bir murg‘ak bolani o‘z farzandidek ardoqlab, yosh avlo ... Davomini o'qish » |
2017.08.29 | Yangiliklar
Yangi o‘quv yili mamlakatimizdagi barcha umumta’lim maktablarida joriy yil 2-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” mavzusidagi “Mustaqillik darslari” hamda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovga bag‘ishlangan “Xotira darslari” bilan boshlanadi. “Mustaqillik darslari”ni vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan taqdimot asosida tashkil etish, “Xotira darslari”da O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan hujjatli filmni namoyish etish tavsiya etiladi. Taqdimot materiallari va hujjatli filmni vazirlikning www.uzedu.uz veb-saytidan yuklab olish mumkin. Xalq ta’limi vazirligi Axborot xizmati |
Bugungi kunda Toshkent viloyati xalq ta’limi tizimida 1348 ta ta’lim muassasasi, jumladan 406 ta maktabgacha ta’lim muassasasi, 871 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi, 2 ta Mehribonlik uyi, 31 ta bolalar musiqa va san’at maktabi, 19 ta “Barkamol avlod” markazi, 19 ta bolalar va o‘smirlar sport maktabi faoliyat ko‘rsatmoqda. Qabul qilingan davlat dasturlari doirasida mazkur ta’lim muassasalarining samaradorligini oshirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, viloyatda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlarini tatbiq etish, yoshlarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish borasida ta’lim muassasalarini malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash yo‘nalishlarida qator dolzarb masalalar mavjud. Toshkent viloyati maktabgacha ... Davomini o'qish » |
Халқ таълими вазирлиги сешанба куни бўлиб ўтган матбуот анжуманида умумий ўрта таълим тизимида жорий этилаётган ўзшаришлар тўғрисида маълумот берди. Вазирлик матбуот хизматининг хабар қилишича, ўзгаришлар 2017—2021 йилларда Ўзбекистонни ривожлантириш бўйича ҳаракатлар стратегияси ҳамда ҳукуматнинг 15 мартдаги (Умумий ўрта таълим тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида) ва 6 апрелдаги (Умумий ўрта ва ўрта махсус, касб-ҳунар таълимининг давлат таълим стандартларини тасдиқлаш тўғрисида) қарорлари асосида ишлаб чиқилди.
Мажбурий таълим тизими (9+3) учун 18 та умумтаълим фанидан таълим мазмунининг узвийлиги тўлиқ таъминланган ҳолда умумий ўрта ҳамда ўрта махсус, касб-ҳунар таълимининг давлат таълим стандартлари ишлаб чиқилди. Амалдаги давлат таълим стандартлари бундан 17 йил аввал умумий ўрта таълим тизими учун алоҳида, ўрта махсус таълим тизими учун алоҳида ишлаб чиқилган. Замон талабларидан келиб чиқиб ўқувчиларда информатика, ахборот технологиялари фан ... Davomini o'qish » |
Хайр, мактаб – салом, коллеж!
Ёш авлодни салоҳиятли кадрлар этиб тарбиялашдаги биринчи босқич – мактаб таълимини тубдан такомиллаштириш, илмий кадрлар ва малакали мутахассислар тайёрлаш жараёнининг узлуксизлигини таъминлаш зарур . Шавкат МИРЗИЁЕВ Халқ таълими вазирлигининг 2017 йил 28 апрелдаги “Умумий ўрта таълим муассасаларида 2016-2017 ўқув йилини якунлаш ва "Хайр мактаб - салом коллеж" тадбирларини ўтказиш тўғрисида”ги 135-сонли буйруғига мувофиқ шу йилнинг 25 май куни республикамиздаги барча умумтаълим мактабларида “Хайр, мактаб – салом, коллеж!” тадбирлари кўтаринки руҳда ташкил этилади. “Хайр мактаб - салом коллеж” тадбирлари ўқувчиларнинг қалби ва онгига миллий истиқло ... Davomini o'qish » |
[r]
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ВАЗИРЛАР МАҲКАМАСИНИНГ
ҚАРОРИ
|
Вазирлар Маҳкамасининг 2017 йил 15 мартдаги 140-сон қарори билан янги Умумий ўрта таълим тўғрисидаги низом тасдиқланди.
Илгари амалда бўлган Ўзбекистон Республикасида умумий ўрта таълим тўғрисидаги низом (Вазирлар Маҳкамасининг 1998 йил 13 майдаги 203-сон қарори билан тасдиқланган) ва бир қатор бошқа ҳужжатлар ўз кучини йўқотди. Янги Низомда бир қатор янгиликлар мавжуд. Хусусан: Умумтаълим муассасалари қайси турларда ташкил этилиши келтирилган. Булар: • бошланғич мактаб (ўқитиш муддати 4 йил: I-IV синфлар); • умумий ўрта таълим мактаби (ўқитиш муддати 9 йил: I-IX синфлар); • айрим фанлар чуқур ўрганиладиган ихтисослаштирилган мактаб (ўқитиш муддати 9 йил: I-IX синфлар); • айрим фанлар чуқур ўрганиладиган ихтисослаштирилган мактаб-интернат (ўқитиш муддати 5 йил: V-IX синфлар); • футбол бўйича ихтисослаштирилган мактаб-интернат (ўқитиш муддати 5 йил: V-IX синфлар); • жисмоний ёки психик ривожланишида нуқсони бўлган бол ... Davomini o'qish » |
Xalq ta'limi vazirligi o'quvchilarning bilim olishga qiziqishlarini shakllantirish, ularda mutolaa madaniyatini tarbiyalash, kitobxonlikni rivojlantirishga innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish maqsadida “Ommaviy kitobxonlik haftaligi”ni o‘tkazmoqda.
Haftalik shu yilning 3-8-aprel kunlari respublikadagi barcha umumta'lim maktablari, axborot-resurs markazlarida o'tkaziladi. Haftalik doirasida: ilmiy-amaliy konferensiyalar; davra suhbatlari; taniqli bolalar shoir va yozuvchilari bilan ijodiy uchrashuvlar; yangi adabiyotlar ko‘rgazmalari; mahorat saboqlari; turli tanlovlar, viktorinalar, intellektual o‘yinlar tashkil etiladi. Mazkur loyihaning asosiy vazifasi axborot-kutubxona muassasalari va maktab kutubxonalarida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarida kitob mutolaa qilishlariga sharoit yaratish, kitobxonlikni eng muhim madaniy ehtiyoj sifatida ommalashtirish, o'quvchilarda kitobxonlikka bo‘lgan mehrni o‘yg'otish, oilada va ... Davomini o'qish » |
Xalqimizda “Yoshlikda olingan bilim toshga o‘yilgan naqsh kabidir” degan naql bor. Bu bejiz aytilmagan. Chunki inson kamolotining asosi uning bolaligida olgan ta'lim va tarbiyasiga bevosita bog‘liq. Shu ma'noda, davlatimiz tomonidan o‘g‘il-qizlarimizning bilimli, odobli, yuksak salohiyatli bo‘lib kamolga yetishishlari yo‘lida ezgu chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bu haqda so‘z yuritganda, avvalo, maktabgacha ta'lim muassasalarining holatini yanada yaxshilash borasidagi tashabbuslarga alohida to‘xtalishimiz zarur. Xususan, 2016-yil 29-dekabrda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning “2017 – 2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari Dilshod KENJAYEV bilan ushbu hujjatning ahamiyati haqida suhbatlashdik. — Har bir ota-ona o‘z farzandini barkamol etib tarbiyalashni, uning baxtu iqbolini ko‘rishni istaydi. Buning uchun bola ta'lim- ... Davomini o'qish » |