Shanba, 12.10.2024, 12:25
Hush kelibsiz Гость | RSS
 Toshkent viloyati Parkent tumani Xalq Ta'limi Bo'limi
Bosh sahifa Bo'lim nizomiRo'yxatdan o'tishKirish
Sayt menyusi
Паркент
ЕвроМетео
Statistika

Jami onlaynda 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar 0
Xalq ta'limi vazirligining 2011 yil "23” martdagi 60-sonli buyrug‘iga 1-ilova

Parkent tumani Xalq ta'limi muassasalari faoliyatini

metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi

N I Z O M I


I. Umumiy qoidalar


1. Xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman bo‘limi (keyingi o‘rinlarda Bo‘lim - deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga asosan tuman, shahar hokimiyati tomonidan tashkil etiladi va o‘z faoliyati davomida yuqori turuvchi xalq ta'limi boshqaruv organi tasarrufida bo‘ladi.

2. Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining «Ta'lim to‘g‘risida»gi, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi va boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, yuqori turuvchi xalq ta'limi boshqaruv organi hamda mahalliy hokimiyatning qaror va boshqa me'yoriy hujjatlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.

3. Bo‘lim o‘z tasarrufidagi ta'lim bo‘yicha barcha ta'lim muassasalari faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi hamda bolalar va o‘quvchilar ta'lim-tarbiyasining sifati, fan asoslarini o‘zlashtirish ehtiyojlarini rivojlantirish va ular bilan kasbga yo‘naltirish ishlarini olib borishni tashkillashtirish uchun mas'ul hisoblanadi.


4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror, farmon, farmoyishlari, Hukumat qarorlari va topshiriqlari, Xalq ta'limi vazirligi va viloyat xalq ta'limi boshqarmasi Hay'at qarori, buyruq va topshiriqlarining ijrosini tarkibidagi bo‘linmalar va tasarrufidagi ta'lim muassasalari tomonidan o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishini ta'minlaydi.

5. Bo‘lim o‘z faoliyatini davlat boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.

6. Bo‘lim va uning tasarrufidagi ta'lim muassasalarining moddiy-texnika ta'minoti, shuningdek, ularda ishlovchi xodimlarning mehnatiga haq to‘lash shu maqsad uchun ajratiladigan mablag‘lar doirasida mahalliy byudjet hisobidan hamda qonunchilikda ta'qiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

7. Bo‘lim yuridik shaxs hisoblanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi.

8. Bo‘lim ilgari faoliyat yuritgan tuman xalq ta'limi bo‘limining vorisi hisoblanadi.


II. Bo‘lim o‘z faoliyatida ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillariga asoslanadi.


9. Ta'lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari:

ta'lim va tarbiyaning insonparvar va demokratik xarakterda ekanligi;

ta'limning uzluksizligi va izchilligi;

umumiy o‘rta ta'limning majburiyligi;

ta'lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;

davlat ta'lim standartlari doirasida ta'lim olishning barcha uchun ochiqligi;

ta'lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondoshuv;

bilimli bo‘lishni va iste'dodni rag‘batlantirish;

ta'lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish.

10. Bo‘limning muhim maqsadli vazifasi - "Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy tamoyillari va ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishdan iboratdir.


III. Bo‘limning vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari


11. Bo‘limning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta'lim tizimini rivojlantirishga yo‘naltirilgan yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini ta'minlash, pedagogik kadrlar, ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining malakasi va kasbiy mahoratini oshirish;

idoraviy mansubligidan va mulkchilik shakllaridan qat'iy nazar, maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta'lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va ular tomonidan davlat ta'lim standartlari(talablari)ga rioya etilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish;

maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta'lim muassasalarida o‘quv-tarbiya ishlarini metodik ta'minlashni tashkil etish, o‘quv-tarbiya jarayoniga o‘qitishning zamonaviy va ilg‘or shakllarini, eng yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini, ma'naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakl va metodlarini joriy etishni ta'minlaydi;

ta'lim muassasalari tomonidan ular huzurida tashkil etilgan zamonaviy moddiy-texnika bazasidan, shu jumladan o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, mebellar, sport inventarlari va jihozlaridan samarali foydalanishni ta'minlaydi;

o‘quvchilarning kasbga yo‘naltirilishini va psixologik-pedagogik diagnostikasini, vasiylikni, bolalar va o‘smirlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishni, ular bilan, shu jumladan ijtimoiy nochor bolalar bilan doimiy ish olib borishni tashkil etadi;

bolalar sportini rivojlantirish va o‘quvchi-yoshlarni, ayniqsa, qishloq joylarida jismoniy tarbiya hamda sport bilan muntazam shug‘ullanishga ommaviy jalb etadi;

bolalar musiqa va san'at maktablarida ta'lim tizimini takomillashtirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodning madaniy saviyasini yuksaltirish, ular orasida iste'dodlarni har tomonlama rivojlantirish, yoshlarning milliy va jahon san'atining yuksak namunalaridan keng baxramand bo‘lishi yuzasidan zarur shart-sharoitlar yaratadi;

o‘quvchilarga milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan yuqori darajadagi ma'naviy-ma'rifiy tarbiya berish, mamlakat taraqqiyoti, tinchlik va barqarorlikni ta'minlashga yo‘naltirilgan, milliy mustaqillik g‘oyalari singdirilgan, Vatani va o‘z xalqiga sodiq fuqarolarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta'lim-tarbiyani amalga oshiradi;

tarkibidagi bo‘linmalar va tasarrufidagi ta'lim muassasalarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish va ijro intizomini mustahkamlash vazifalarini amalga oshiradi hamda ularning natijalari bo‘yicha hujjatlarni tahlil va nazorat qilish masalalarida metodik va amaliy yordam ko‘rsatadi.

12. Bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida quyidagi funksiyalarni bajaradi:

xalq ta'limi muassasalarining O‘zbekiston Respublikasi "Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan qoidalarga va umumiy o‘rta ta'lim davlat ta'lim standartlariga amal qilishini monitoring hamda nazorat qiladi;

tegishli manfaatdor organlar va muassasalar, joylardagi fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi "Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsad va vazifalarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan ishlarni ta'minlaydi;

ta'lim muassasalari ish amaliyotiga umumiy o‘rta ta'lim davlat ta'lim standartlari, ilmiy yutuqlar va ilg‘or pedagogik tajribalarning tatbiq etilishiga sharoit yaratadi;

ta'lim muassasalaridagi ta'lim-tarbiya jarayoniga metodik rahbarlikni amalga oshiradi;

ilg‘or o‘qituvchilar va ta'lim muassasalarining ijobiy ish tajribasini o‘rganadi hamda umumlashtiradi, ta'lim muassasalaridagi o‘quv-metodik va tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish davomida uni keng ommalashtiradi;

idoraviy mansubligidan va mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, umumta'lim maktablari, maktabgacha va maktabdan tashqari ta'lim muassasalari ustidan metodik rahbarlikni amalga oshiradi;

o‘quvchilar bilan maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni, jumladan, bolalar turizmi va o‘lkashunoslik, bolalar texnik ijodkorligi va xalq hunarmandchiligining mavjud turlari va shakllarini takomillashtiradi, ularning milliy turlari va shakllarini qayta tiklashga va yangilarini joriy etadi;

ta'lim muassasalarini dasturlar, o‘quv rejalari, o‘quv-ko‘rgazmali qo‘llanmalar va o‘quv uskunalari, ta'limning texnik vositalari, qo‘llanma-metodik adabiyotlar bilan ta'minlash ishlarini amalga oshiradi;

umumta'lim maktablarida darsliklar kutubxona fondini jamlash hamda undan o‘quv jarayonida to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha ishlarni ta'minlaydi;

umumta'lim maktablari bitiruvchilarini ta'limning keyingi bosqichi o‘rta maxsus, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda o‘qishga kirishini tashkil qiladi;

ta'lim jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etilishini, ulardan samarali foydalanishni, pedagog xodimlarni shu sohadagi malakasini oshirilishini ta'minlaydi;

maktab-internatlar, "Mehribonlik” uylari va maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarning ovqatlanishlarini tashkil etishni nazorat qiladi;

umumiy o‘rta ta'lim hajmida, tibbiy ko‘rsatmalar asosida bolalarning uyda yakka tartibda ta'lim-tarbiya olishiga sharoit yaratadi;

ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni aniqlaydi, ularning hisobini olib boradi hamda ota-ona qaramog‘ini yo‘qotganlikning aniq holatlaridan kelib chiqib, bolalarning ijtimoiy-huquqiy himoyasi bo‘yicha huquqni muhofaza qilish organlari va boshqa organlar bilan hamkorlikda ish olib boradi;

to‘liq davlat ta'minoti asosida, yetim bolalarni va ota-ona qarovidan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat va nodavlat ta'lim muassasalari ta'minotiga olish, o‘qitish, tarbiyalash va kasb-hunarga tayyorlash uchun shart-sharoitlar yaratadi;

jismoniy va aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni o‘qitish, tarbiyalash va moddiy ta'minlashni tashkil qiladi, ularni kasb-hunarga tayyorlashni, ijtimoiy-maishiy sharoitlarini va moddiy ta'minotini, tibbiy xizmat ko‘rsatilishini va sog‘lomlashtirishni takomillashtiradi, ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasalari va maktablar tarmog‘ini rivojlantiradi;

tuman ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchi-o‘quvchilarning ota-onalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlari, jamg‘armalar bilan ijodiy faol, O‘zbekiston mustaqilligi g‘oyalariga sadoqatli va jamiyat taraqqiyotiga aniq hissa qo‘shishga layoqatli shaxsni kamol toptirish bo‘yicha o‘zaro yaqin hamkorlikni tashkil etadi;

mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikda aholining maktabgacha ta'limga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, maktabgacha yoshdagi bolalarni to‘laqonli jismoniy va aqliy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini amalga oshiradi, bolalar va o‘smirlar uchun maktabdan tashqari va o‘quv-tarbiya muassasalari tarmog‘ini rivojlantiradi, o‘sib kelayotgan avlodning ijodiy faoliyatini va sog‘lom hordig‘ini, ularning qiziqishlari va istaklarini qondirishni, qobiliyati va iste'dodini har tomonlama rivojlantirishni ta'minlovchi muassasalarni rivojlantiradi;

tasarrufidagi ta'lim muassasalarining Ustavlarini tasdiqlaydi;

tuman (shahar) sog‘liqni saqlash bo‘limi bilan birgalikda bolalar, o‘quvchilar va o‘qituvchilarning salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlashni ta'minlash ishlarini amalga oshiradi;

belgilangan tartibda maktabgacha, maktab, maktabdan tashqari ta'limning muhim masalalari bo‘yicha yig‘ilishlar, seminarlar o‘tkazadi;

bolalar sporti inshootlarining samarali faoliyat ko‘rsatishi, ularning quvvatidan to‘liq foydalanilishini ta'minlash, sport seksiyalarining samarali faoliyat ko‘rsatishi va metodik ta'minotini, ularning malakali sport murabbiylari bilan ta'minlaydi;

tasarrufidagi ta'lim muassasalarini malakali mutaxassislar bilan ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qiladi, oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta'minlashni amalga oshiradi, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etadi;

ta'lim muassasalari rahbar va pedagog xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha ishlarni tashkil qiladi;

ta'lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiyalash bo‘yicha ishlarni tashkil qiladi;

pedagog xodimlarni mehnatda yuqori ko‘rsatkichlari, o‘quvchi yoshlarni o‘qitish va tarbiyalashdagi faol ishtiroki uchun Hukumat va idoraviy mukofotlarga belgilangan tartibda taqdim etadi;

ta'lim muassasalarida qurilish ishlari olib borilishi va ularni zarur jihozlar bilan ta'minlanishi ustidan nazoratni, ta'lim muassasalarining kuzgi-qishki mavsumga tayyorgarlik bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi;

bo‘limning yillik xarajatlarini rejalashtiradi;

bo‘limning reja ko‘rsatgichlarini belgilangan me'yoriy hujjatlarga asosan tuzadi;

bo‘limning buxgalteriya hisobini yuritish, hisobotlarni tuzish va taqdim qilish, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, bo‘limda buxgalteriya hisobini yuritilishiga, moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida va to‘liq topshirilishiga, shuningdek boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni bajaradi;

quyi tashkilotlarni to‘liq nazorat qiladi hamda barcha turdagi moliyaviy hisobotlarni qabul qiladi va yuqori tashkilotlarga topshiradi;

buxgalteriya hisobi va hisobotiga oid nizomlar, yo‘riqnomalar, qo‘llanmalar, uslubiy ko‘rsatmalarni va boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarni tizimli ravishda hisobini olib borish va ish jarayonida muntazam foydalanadi;

fuqarolarning murojaatlari o‘z vaqtida hamda to‘g‘ri ko‘rib chiqilishini ta'minlaydi, fuqarolarning shikoyatlariga sabab bo‘layotgan omillarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshiradi.

13. Bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek, tasarrufidagi boshqa muassasalar orqali amalga oshiradi.


IV. Bo‘limning huquq va majburiyatlari


14. Bo‘lim o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:

maktabgacha, umumiy o‘rta, maktabdan tashqari ta'lim muassasalarida, ularning mulkchilik shakllari va bo‘ysunishidan qat'iy nazar, O‘zbekiston Respublikasi «Ta'lim to‘g‘risida»gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda ta'lim masalalari bo‘yicha boshqa qonun hujjatlarining bajarilishini tekshirish;

ta'lim bo‘yicha alohida masalalarni hal etish, ta'lim muassasalari ishlarini takomillashtirish, ularning o‘quv-moddiy negizini mustahkamlash, malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash yuzasidan takliflarni yuqori turuvchi xalq ta'limi organiga ko‘rib chiqish uchun kiritish;

o‘z tasarrufida bo‘lgan ta'lim muassasalari xodimlarini ishdan bo‘shatish va ularni javobgarlikka tortish to‘g‘risida mehnat qonunchiligiga zid ravishda qabul qilingan buyruqlarini bekor qilish;

Kengash yig‘ilishlarida bo‘lim vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha ta'lim muassasalari hisobotlarini ko‘rib chiqish;

bo‘lim amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

Bo‘lim o‘z majburiyatlari bo‘yicha ta'lim muassasalarida ta'lim sohasida davlat siyosatini amalga oshirilishini ta'minlashda o‘ziga yuklangan vazifalarning zarur darajada bajarilishi uchun javob beradi.


V. Bo‘lim faoliyatini tashkil etish


15. Bo‘limga yuqori xalq ta'limi boshqaruv organining tavsiyasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan bo‘lim mudiri rahbarlik qiladi.

16. Bo‘lim mudiri:

bo‘lim faoliyatiga yakka boshchilik asosida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda bo‘limga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

bo‘lim mas'ul shaxslarining vakolatlarini, ularning tasarrufdagi ta'lim muassasalari faoliyatlari yo‘nalishlari bo‘yicha javobgarlik darajasini belgilaydi;

yuqori turadigan davlat hukumati va xalq ta'limi boshqaruvi organlarining me'yoriy hujjatlari, hokimiyat qarorlari asosida va ularni bajarish yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida buyruqlar chiqaradi, ijro etilishini tashkil etadi va nazorat qiladi;

bo‘lim, tasarrufidagi ta'lim muassasalari xodimlarini belgilangan kadrlar nomenklaturasiga muvofiq ishga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi.

bo‘lim mudiri o‘z vakolati doirasida qonun hujjatlari va ushbu Nizomga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.

17. Bo‘limning tuzilmasi va shtatlari o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanadi.

18. Bo‘limda yetti kishidan iborat Kengash tashkil etiladi:

bo‘lim mudiri - Kengash raisi, bo‘lim xodimlari, ta'lim muassasalari rahbarlari, xodimlari tarkibidan - Kengash a'zolari belgilanadi.

Kengash tarkibi yuqori turuvchi xalq ta'limi boshqaruv organi tomonidan tasdiqlanadi.

Kengash o‘z majlislarida bo‘lim faoliyatining asosiy masalalarini ko‘rib chiqadi, ta'lim muassasalari rahbarlarining bolalar va o‘quvchilarga berilayotgan ta'lim-tarbiyaning sifat darajasi, me'yoriy hujjatlarning bajarilishi, pedagogik kadrlarni tanlash va ulardan foydalanish yuzasidan hisobotlarini tinglaydi, shuningdek, bo‘lim vakolatiga kiruvchi boshqa muhim masalalarni ko‘rib chiqadi.
Kengash qarori bo‘lim mudiri buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.

19. Bo‘limni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Kirish uslubi
Saytdan izlash
Taqvim
«  Oktabr 2024  »
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Arxiv
Foydali saytlar
  • XTV sayti
  • Ziyonet
  • Hukumat portali
  • Respublika ta'lim markazi
  • Bolalar kutubxonasi
  • Respublika tashxis markazi
  • Copyright MyCorp © 2024