Ta'lim muassasalari kadrlarining AKTdan foydalanish bo'yicha malakasini oshirish o'quvlarini tashkil etish to'g'risida Xalq ta'limi vazirligining 2014 yil 20 fevraldagi "Xalq ta'limi tizimidagi ta'lim muassasalari kadrlarining AKT, internet va multimedia resurslaridan samarali foydalanish bo'yicha malakasini oshirish o'quvlarini tashkil etish to'g'risida"gi 38-sonli buyrug'iga asosan, joriy yilning 10 martidan boshlab vazirlik tasarrufidagi barcha ta'lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining AKTdan foydalanish bo'yicha ikki bosqichli malaka oshirish o'quvlari tashkil etiladi.
O'quvlarning 1-bosqichi joriy yilning 10 martidan 30 avgustigacha, 2-bosqichi esa 2 sentabrdan 31 dekabrgacha ta'lim muassasalari negizida, vazirlik buyrug'i bilan tasdiqlangan "Tartib" va "Dastur" asosida amalga oshiriladi.
manba: eduportal.uz |