Shanba, 12.10.2024, 14:17
Hush kelibsiz Гость | RSS
 Toshkent viloyati Parkent tumani Xalq Ta'limi Bo'limi
Bosh sahifa Ro'yxatdan o'tishKirish
Sayt menyusi
Паркент
ЕвроМетео
Statistika

Jami onlaynda 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar 0
Главная » 2014 » Mart » 9 » Attestatsiya va akkreditatsiya ta’lim muassasalari faoliyatiga berilgan baho
16:15
Attestatsiya va akkreditatsiya ta’lim muassasalari faoliyatiga berilgan baho
            Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2011 yil 10 yanvarda tasdiqlangan «Qoraqalpogiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq talimi boshqarmalari, tuman (shahar) xalq talimi bolimlari, boshqa tashkilot va idoralar tasarrufidagi umumiy orta talim muassasalarini 2011–2015 yillarda attestatsiyadan otkazish rejasi»ga asosan yurtimizdagi umumiy orta talim maktablari attestatsiyadan otkazilmoqda. Mazkur reja ijrosi o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash, joylardagi attestatsiya komissiyalariga zarur metodik yordam ko‘rsatish maqsadida Respublika ta’lim markazi huzurida Ta’lim muassasalarini attestatsiya va akkreditatsiyaga tayyorlash metodik ta’minoti bo‘limi tashkil etildi. Natijada 2011–2013 yillarda 6800 ga yaqin umumta’lim maktablari akkreditatsiyalandi. Ya’ni, bu ularning o‘quvchilarga ta’limga oid qonunchilik hujjatlari va davlat dasturlariga mos ravishda, sifatli ta’lim-tarbiya berayotgani, bugungi davr talablariga javob bera oladigan darajada pedagogik salohiyatga ega ekanidan dalolatdir.

            Attestatsiya jarayonini amaldagi talablarga muvofiq yuqori saviyada va belgilangan muddatlarda o‘tkazish, ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiya masalalaridagi salohiyati xolis baholanishini ta’minlash maqsadida Respublika ta’lim markazi va Davlat test markazi mutaxassislari hamkorligida hududiy xalq ta’limi boshqarmalari mutaxassislari va ekspertlari uchun ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiyalash ishlarini jadallashtirish, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan metodik yordam berish maqsadida respublika o‘quv-seminarlari, qator viloyatlarda ko‘chma o‘quv-seminarlar o‘tkazildi, joylarga xizmat safarlari uyushtirilib, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy yordamlar berildi.

 Attestatsiya jarayonida ta’lim turlari bo‘yicha ta’lim muassasalarining oxirgi uch yillik faoliyati kompleks tahlil etiladi. Ushbu tahlil jarayonida maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonining davlat talablariga muvofiq tashkil etilganligi, tarbiyalanuvchilarning ta’lim-tarbiya dasturlarini o‘zlashtirish darajasi, tarbiyachi-pedagog kadrlar salohiyati, bolalar rivoji uchun o‘yinchoqlar, uslubiy qo‘llanma va bolalar adabiyoti bilan ta’minlanganligi, sport maydonchalari va zarur sharoitlarning yaratilganligi, ovqatlanish hamda dam olish xonalarining belgilangan sanitariya-gigienik va estetik talablarga mosligi, shuningdek, foydalanish holati o‘rganiladi.

            Umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridaesa ta’lim jarayoniga davlat ta’lim standartlarining joriy etilganligi, o‘quvchilar bilim darajalarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligi, o‘quv-uslubiy ishlarning olib borilishi va o‘quvchilarning darslik hamda uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlanganlik darajasi, pedagog kadrlar salohiyati, ta’lim jarayoniga zamonaviy o‘qitish uslublari va axborot texnologiyalarining joriy etilganligi, moddiy-texnik salohiyatni rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturining bajarilish holati, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning tashkil etilish sifati, o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarining sifati, reyting baholash tizimining qo‘llanilish sifati o‘rganilib tegishli xulosa beriladi.

            Maktabgacha ta’lim muassasalari attestatsiyasi bo‘yicha ekspertlar tomonidan tarbiyalanuvchilar uchun o‘tkazilgan nazorat ishlari natijalari, davlat talablarini o‘zlashtirish darajasi, ta’lim muassasasi Ustavida belgilangan vazifalarning bajarilishi bo‘yicha ta’lim muassasasi to‘g‘risida quyidagi xulosalardan biri qabul qilinadi:

 o‘tkazilgan nazorat ishlarida tarbiyalanuvchilarning 80 foizi va undan ko‘pi ijobiy baholanib, ta’lim muassasasi faoliyati mezonda belgilangan umumiy ballning 80 foizi va undan yuqori ball to‘plaganda «Attestatsiyadan o‘tdi»;

 o‘tkazilgan nazorat ishlarida tarbiyalanuvchilarning 60 foizi va undan ko‘pi ijobiy baholanib, ta’lim muassasasi mezonda belgilangan umumiy ballning 65 foizi va undan yuqori baholanganda «Attestatsiyadan shartli o‘tdi»;

 o‘tkazilgan nazorat ishlarida tarbiyalanuvchilarning 60 foizidan kami ijobiy baholanib, ta’lim muassasasi mezonda belgilangan umumiy ballning 65 foizidan past baholanganda «Attestatsiyadan o‘tmadi» deb e’tirof etiladi.

            Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari attestatsiyasi bo‘yicha so‘nggi uch yilda ta’lim muassasasi bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi va ekspertlar tomonidan o‘tkazilgan nazorat ishlari natijalari, ta’lim muassasasi davlat ta’lim standartlari va Ustavida belgilangan vazifalarning bajarilish darajasi asosida ta’lim muassasasi to‘g‘risida quyidagi xulosalardan biri qabul qilinadi:

 

 bitiruvchilarning 75 foizi va undan ko‘pi, nazorat ishlarida o‘quvchilarning 60 foizi va undan ko‘pi ijobiy baholanib, ta’lim muassasasi mezonda belgilangan umumiy 1000 ballning 70 foizi va undan ko‘pini to‘plaganda «Attestatsiyadan o‘tdi»;

 bitiruvchilarning 60 foizi va undan ko‘pi, nazorat ishlarida o‘quvchilarning 50 foizi va undan ko‘pi ijobiy baholanib, ta’lim muassasasi mezonda belgilangan umumiy ballning 55 foizi va undan ko‘pini to‘plaganda «Attestatsiyadan shartli o‘tdi»;

 bitiruvchilarning 50 foizi va undan kami «qoniqarli» baholangan bo‘lib, nazorat ishlarida o‘quvchilarning 50 foizi va undan ko‘pi «qoniqarsiz» baholanib, ta’lim muassasasi mezonda belgilangan umumiy ballning 55 foizidan kam ball to‘plaganda «Attestatsiyadan o‘tmadi» deb e’tirof etiladi.

 Ta’lim muassasalari «Attestatsiyadan shartli o‘tdi» deb e’tirof etilganda, ular bir yildan keyin qayta attestatsiyadan o‘tkaziladi.

 «Attestatsiyadan o‘tmadi» deb e’tirof etilganmaktabgacha ta’lim muassasalari tugatiladi yoki qayta tashkil etiladi.

 Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi «Attestatsiyadan o‘tmadi» deb e’tirof etilcaushbu ta’lim muassasasi rahbarlarini navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etish, ta’lim muassasasi bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini boshqa ta’lim muassasasi bitiruvchilari bilan qo‘shib o‘tkaziladi.

 Nodavlat ta’lim muassasalari uchun litsenziyaning amal qilishini tugatish, litsenziya muddatini uzaytirishga rad javobini berish masalasi qo‘yiladi.

            Davlat akkreditatsiyasi ta’lim muassasasining attestatsiyasi xulosalariga ko‘ra amalga oshiriladi. Akkreditatsiya komissiyasi ta’lim muassasasi faoliyatining davlat ta’lim standartlari va davlat talablari mezoni hamda talablariga javob berishini e’tirof etish bilan birgalikda uning maqomini ham belgilaydi.

            Talim muassasasini akkreditatsiyalash uchun Davlat test markazi qoshida doimiy faoliyat korsatuvchi Akkreditatsiya komissiyasi tuziladi. Komissiya tarkibi Davlat test markazi buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Davlat test markazi direktori Akkreditatsiya komissiyasining raisi hisoblanadi.

            Talim muassasasini akkreditatsiyalash uchun Attestatsiya komissiyasi tomonidan Akkreditatsiya komissiyasiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

 o‘quv konsepsiyasi, o‘quv rejalari va dasturlari;

 ta’lim muassasasi attestatsiyasi xulosasi;

 nodavlat ta’lim muassasasiga berilgan litsenziya nusxasi.

            Talim muassasasini davlat akkreditatsiyasidan otkazish haqidagi qaror hujjatlar topshirilgandan keyin bir oy muddatda qabul qilinadi.

            Talim muassasasini akkreditatsiyalash yuzasidan ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, talim muassasasiga 2 hafta davomida davlat akkreditatsiyasi haqida sertifikat beriladi.

 Sertifikatda ta’lim muassasasining tashkiliy-huquqiy shakli, turi, maqomi va sertifikatning amal qilish muddati qayd etiladi.

 Sertifikat 5 yil muddatga beriladi.

            Attestatsiya chogida tushunmovchiliklar kelib chiqmasligi, qolaversa, ozi faoliyat yuritayotgan maktab qay darajada sifatli pedagogik xizmat korsatayotganini bilish uchun maktab mutasaddilari faoliyatning tahlilga tortiladigan jihatlaridan xabardor bolishi, talim muassasalarini attestatsiyadan otkazish mezonlari va texnologiyalari boyicha yoriqnomani sinchiklab organishi, unda belgilangan talablarga javob berishga tayyor turishi lozim. Shu maqsadda muzkur me’yoriy hujjatlar joylardagi barcha umumta’lim muassasalariga yetkazildi.

 Biroq targibot-tashviqot ishlari olib borilayotganiga qaramay talim muassasalarining attestatsiya natijalari jadvallarini toldirishda hanuzgacha kamchiliklarga yol qoyilmoqda. Ayrim viloyatlarda ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiyalashda yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan tumanlar bilan o‘zaro hamkorlik hamda tajriba almashish yo‘lga qo‘yilmagani ham muassasalarning akkreditatsiyadan o‘tmay qolishiga sabab bo‘layotir.

 Misol uchun, nazorat ishlari «O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish mezon va texnologiyalari bo‘yicha Yo‘riqnoma» asosida olinmayotgani yoki noto‘g‘ri kiritilayotgani, oxirgi uch yillik o‘rniga bir yillik ma’lumotlar kiritilishi, o‘rganish kuniga qadar o‘tilgan darslarning noto‘g‘ri hisoblanishi, jadvallar boshqa ta’lim muassasasalarining raqamlari bilan to‘ldirilayotgani (namunaga berilgan hujjatdan ko‘r-ko‘rona ko‘chirilishi), yakuniy natija noxolis hisoblanishi (pedagog kadrlar salohiyati belgilangan ko‘rsatkichdan past bo‘lsa-da, qo‘shib yozilishi), yangi pedtexnologiyalardan foydalanish darajasi to‘liq baholanmasligi,o‘quv jihozlarining berilgan talabga mos ravishda kiritilmasligi kabi kamchiliklar kuzatilgan.

 Yuqoridagi kabi holatlarning oldini olish, ta’lim muassasalari attestatsiyasini sifatli tashkil etish va o‘tkazish, hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarning sababini aniqlab, bartaraf etish yuzasidan qator vazifalarni amalga oshirish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan maxsus mexanizm ishlab chiqildi:

 – tuman (shahar) xalq ta’limi muassasalari attestatsiya komissiyalari qoshidagi ekspertlar guruhlari tarkibining har bir a’zosi sohani qay darajada puxta bilishi, mas’uliyatni nechog‘li chuqur his qilishi, attestatsiya hujjatlarini qanchalik to‘g‘ri va sifatli rasmiylashtirishi nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish hamda ularning samarali faoliyat ko‘rsatishini yo‘lga qo‘yish;

 – maktablarda ekspertlar tomonidan attestatsiya jarayonini sifatli tashkil etish va attestatsiya hujjatlarini to‘g‘ri rasmiylashtirish;

 – attestatsiyadan o‘tkazilgan ta’lim muassasalari hujjatlarini dastlabki ekspertizadan o‘tkazish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari huzuridagi ekspert guruhlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

 – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari huzurida tashkil etilgan ekspertlar guruhi tomonidan dastlabki ekspertizadan o‘tkazilgan hujjatlarni elektron pochta orqali Respublika ta’lim markazi taqdim etish;

 – Respublika ta’lim markazi tomonidan tegishli xulosa berilgandan so‘ng Davlat test markaziga yuborish.

 Ta’lim muassasalarini attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tkazish ishlarining shu vaqtgacha bo‘lgan yakunlarini tahlil etish asosida ishlab chiqilgan bu mexanizm attestatsiya hujjatlaridagi kamchiliklarni bartaraf etishga xizmat qiladi degan umiddamiz.

Просмотров: 1267 | Добавил: Bahodir | Рейтинг: 2.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Kirish uslubi
Saytdan izlash
Taqvim
«  Mart 2014  »
DuSeChPaJuShYa
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31
Arxiv
Foydali saytlar
  • XTV sayti
  • Ziyonet
  • Hukumat portali
  • Respublika ta'lim markazi
  • Bolalar kutubxonasi
  • Respublika tashxis markazi
  • Copyright MyCorp © 2024