Shanba, 12.10.2024, 14:20
Hush kelibsiz Гость | RSS
 Toshkent viloyati Parkent tumani Xalq Ta'limi Bo'limi
Bosh sahifa Ro'yxatdan o'tishKirish
Sayt menyusi
Паркент
ЕвроМетео
Statistika

Jami onlaynda 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar 0
Главная » 2014 » Mart » 16 » Biologiya, fizika,kimyo– amaliyot va tajribalarga asoslangan fandir.
12:57
Biologiya, fizika,kimyo– amaliyot va tajribalarga asoslangan fandir.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida har yili biologiya, fizika, kimyo fanlaridan mart oyida "Fan oyligi” o‘tkazilmoqda. Fan oyligini o‘tkazishga mahalliy sharoitlarni inobatga olib, ijodiy yondoshgan holda quyidagilarga e’tibor qaratish tavsiya etiladi

-DTS talablari asosida o‘quvchilarning yuqoridagi fanlar asosida egallashlari lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalari monitoringini aniqlash;

-tahlillar asosida o‘quvchilarning fanlar bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarida aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash;

-o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, yuqori sifat samaradorlikka erishish, fanlar yo‘nalishidagi yangiliklarni izlab topish va ta’lim jarayoniga tadbiq etish, o‘quvchilarning hozirgi zamon fan va texnikasini o‘rganishga bo‘lgan intilishlarini o‘stirish;

-ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilar hamkorligida mahorati, iqtidori va qobiliyatini yana ham kengroq namoyish qilib ko‘rsatish;

-o‘quvchilar nazariy olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash ko‘nikma va malakalarini hosil qilishda dars jarayonida o‘quv-laboratoriya jihozlaridan, ko‘rgazmali tajribalardan unumli foydalanish;

-kimyo, biologiya, fizika fanlaridan yaratilgan elektron darslik va vertual laboratoriya, o‘quv film qo‘llanmalaridan dars jarayonida samarali foydalanish usullarini namoyish eta bilishi;

-o‘qituvchilarning o‘z tajribalarini almashish, yosh o‘qituvchilarga metodik yordam berish maqsadida hududlarda tashkil etilgan tayanch maktablari faoliyatini yanada jonlantirish;
Darsdan keyin o‘tkaziladigan tadbirlarning ta’lim tarbiya jarayonidagi ahamiyatini ko‘rsatish;

-o‘qituvchi va o‘quvchilarni fan sohasida olib borilayotgan ishlar va yangiliklar bilan tanishtirish;

-o‘qitish jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalardan, kompyuter texnikasidan foydalanib dars tashkil etish, zamonaviy laboratoriya o‘quv-jihozlaridan samarali foydalanish;

-o‘quvchilarning "Bilimlar bellashuvi”da kimyo, biologiya, fizika fanlaridan ishtirokini o‘rganish, o‘quvchilar bilimidagi bo‘shliqlarni aniqlash, ularni to‘ldirish choralarini ko‘rish, iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish va ma’naviy rag‘batlantirish.

Shuningdek, umumta’lim maktablarida o‘tkazilgan "Bilimlar bellashuvi” natijalari tahlillari asosida o‘quvchilar bilimida aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish. Maktabda mazkur predmetlarga doir devoriy gazetalar chiqarish, fanlar bo‘yicha qiziqarli ma’lumotlar, internet sahifalaridan olingan fan yangiliklari haqidagi materiallarni berish maqsadga muvofiqdir.

Mazkur fanlar bo‘yicha ochiq darslarni o‘tkazishda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanib dars ishlanmalari tayyorlanadi hamda ular asosida darslar tashkil qilinadi va ilg‘or ish tajribalarni o‘rganish asosida ommalashtiriladi. Maktabda fanlar yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etilgan metodbirlashma rahbarlari, ilg‘or o‘qituvchilar tomonidan o‘qitish samaradorligini oshirishga qaratilgan dars ishlanmalari, test topshiriqlari, didaktik materiallar va nazorat ishlari to‘plamlarining tayyorlanishi tavsiya qilinadi. O‘quvchilarning ijodiy ishlari (krosvordlar, referatlar, bukletlar, qo‘lda yasalgan jihozlar) yuzasidan tanlovlar tashkil etiladi.

Maktabda o‘quvchilarni fanga qiziqtirish maqsadida fan to‘garaklari mashg‘ulotlarini yanada qiziqarliroq tarzda o‘tkazish tavsiya etiladi.
Maktablarda "Qushlar bizning do‘stimiz”, "O‘zbekiston Qizil Kitobiga kiritilgan o‘simliklar”, "Gullar bayrami”, "Kimyoviy elementlar so‘zlaydi”, "Xalq xo‘jaligida kimyo”, "Qiziqarli kimyo”, "Fiziklar liriklar”, "Qiziqarli fizika”, "Bilimdonlik cho‘qqisi” kabi fan kechalari, qiziqarli bahs-munozaralar tadbirlar va tematik albomlar tanlovlari o‘tkazilishi ijobiy samara beradi.

Mahalliy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda shahar, viloyat markazlaridagi oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, olimlar, darslik mualliflari bilan uchrashuvlarni tashkil etish, maktablarda o‘quvchilarining ijodiy ishlaridan namunalar asosida ko‘rgazmalar tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir.

Kimyo, biologiya, fizika fanlaridan o‘quv-laboratoriya jihozlaridan samarali foydalanish, (amaliy, laboratoriya, ko‘rgazmali namoyishlar) o‘qituvchilarga metodik yordam berish uchun tumanlarda tashkil etilgan tayanch maktablar qoshida seminarlar tashkil etish tavsiya qilinadi.

Fan oyligini yakunlash

Kimyo, biologiya, fizika fan oyligi yakuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkaziladi. Ushbu tadbir maktab rahbariyati o‘qituvchilar jamoasini yoshlarga bilim berishdagi qilgan mehnatlarining sarhisobini, ulardagi ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish borasida qilingan ishlarni qadrlash va baholash maqsadida tashkil qilinadi. Fan oyligi davomida maktabda o‘tkazilgan turli tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishda faol qatnashgan fan o‘qituvchilari va o‘quvchilar taqdirlanadilar. Maktablarda o‘tkazilgan fan oyliklari yuzasidan tayyorlangan hisobotlarni to‘plab, maktab metodbirlashmalarida saqlanadi.

                                                                              manba:Respublika ta’lim markazi
Просмотров: 1474 | Добавил: Bahodir | Рейтинг: 1.7/3
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Kirish uslubi
Saytdan izlash
Taqvim
«  Mart 2014  »
DuSeChPaJuShYa
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31
Arxiv
Foydali saytlar
  • XTV sayti
  • Ziyonet
  • Hukumat portali
  • Respublika ta'lim markazi
  • Bolalar kutubxonasi
  • Respublika tashxis markazi
  • Copyright MyCorp © 2024