Shanba, 12.10.2024, 14:15
Hush kelibsiz Гость | RSS
 Toshkent viloyati Parkent tumani Xalq Ta'limi Bo'limi
Bosh sahifa Ro'yxatdan o'tishKirish
Sayt menyusi
Паркент
ЕвроМетео
Statistika

Jami onlaynda 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar 0
Главная » 2014 » Iyul » 6 » Bitiruvchi - 2014
20:30
Bitiruvchi - 2014

Har bir bitiruvchi – e’tiborda


Parkent tumani Xalq ta'limi muassasalari faoliytini metodik ta'minlash va tashkil etish bo'limida  9-sinf bitiruvchilarini ta’limning keyingi bosqichiga qamrab olish masalasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Umumta’lim maktablari bitiruvchilari va ularning ota-onalari ishtirok etgan tadbirda kasb-hunar kollejlaridagi mavjud mutaxassislik yo‘nalishlari va yaratilgan shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

– Prezidentimiz rahnamoligida umumta’lim maktablari bitiruvchilarini ta’limning keyingi bosqichiga to‘liq qamrab olish, ularni kasb-hunar kolleji va akademik litseylar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, kasbga yo‘naltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi bo'lim mudiri Muhsiddin Xasanov – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4-iyundagi “2014/2015 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Joriy yilda tumandagi 49 umumta’lim maktabini 2710 ga yaqin o‘quvchi bitirdi. Umumta'lim maktablarida faoliyat yuritayotgan psixologik-pedagogik tashxis markazlari o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha sezilarli ishlarni amalga oshirishdi.

Maktab bitiruvchilarini ta’limning keyingi bosqichiga to‘liq qamrab olish maqsadida xalq ta’limi tizimida 2013-2014 o‘quv yilida joriy etilgan tashxis.uz saytining bazasida o‘rta maxsus ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasi shakllantirildi. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi viloyat hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda “Umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini to‘liq qamrab olish uchun bajariladigan ishlar xaritasi” nomli tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, ijrosi ta’minlanmoqda. Barcha ta'lim muassasalarida tumandagi kasb-hunar kollejlarida “Ochiq eshiklar kuni”, “To‘g‘ri tanlangan kasb – oila farovonligining asosi”, “Men orzu qilgan kasb”, “Mutaxassislik – sening kelajaging” kabi tadbirlar o‘tkazilib borildi.

Tumandagi mavjud 6ta kasb-hunar kollejlarida o‘quvchilar uchun barcha sharoit yaratilgan. Tuman  hokimligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan umumta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bilan uchrashuvlarda qizlar masalasiga alohida e’tibor qaratilayotir. Pedagoglar, amaliyotchi-psixologlar, huquqshunoslar, mahalla va xotin-qizlar qo‘mitalari faollari hamkorligida ota-onalarga qizlarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, oilasi mustahkam bo‘lishi, farzandlarini barkamol etib tarbiyalashi, o‘z huquq va burchlarini tanishida o‘qish va kasb-hunar egallashning ahamiyati keng tushuntirilmoqda. Barcha umumta’lim maktablarining 7-9 sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Qiz bolaning kasbi – uning baxti” mavzusida davra suhbatlari o‘tkazilgani ham ana shu ishlarning uzviy davomidir.

06.07.2014 yil                                                             Bahtiyor Soatov


 

Просмотров: 763 | Добавил: Bahodir | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Kirish uslubi
Saytdan izlash
Taqvim
«  Iyul 2014  »
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Arxiv
Foydali saytlar
  • XTV sayti
  • Ziyonet
  • Hukumat portali
  • Respublika ta'lim markazi
  • Bolalar kutubxonasi
  • Respublika tashxis markazi
  • Copyright MyCorp © 2024