Shanba, 12.10.2024, 14:19
Hush kelibsiz Гость | RSS
 Toshkent viloyati Parkent tumani Xalq Ta'limi Bo'limi
Bosh sahifa Ro'yxatdan o'tishKirish
Sayt menyusi
Паркент
ЕвроМетео
Statistika

Jami onlaynda 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar 0
Главная » 2015 » Iyun » 14 » Boshlang‘ich ta’lim sifati va samaradorligi yo‘lida
13:43
Boshlang‘ich ta’lim sifati va samaradorligi yo‘lida
Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan boshlang‘ich ta’lim sifatini oshirishning dolzarb vazifalari mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tadbir ishtirokchilari dastlab poytaxtimizning Sergeli tumanidagi 300-maktabda boshlang‘ich ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, o‘qitish jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish borasidagi ish tajribasi bilan tanishdi.
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri U.Inoyatov va boshqalar ta’lim sohasini tubdan isloh etish borasida amalga oshirilayotgan ezgu sa’y-harakatlar o‘g‘il-qizlarga puxta bilim berish, ularni milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat, ona Vatanga sadoqat ruhida kamol toptirishga xizmat qilayotganini ta’kidladi.
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘qituvchilarning darslarga ijodkorlik bilan yondashishini ta’minlash, bilim berish jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti olimlari, amaliyotchi o‘qituvchilaridan iborat ijodiy guruhlar shakllantirildi. Natijada maxsus reja asosida 1-sinflar uchun “Savodga o‘rgatish darslari”, “Ona tili”, “O‘qish”, “Matematika”, “Atrofimizdagi olam”, “Russkiy yazыk”, “Kniga dlya chteniya” metodik qo‘llanmalari va darsliklarning multimediali ilovalari nashr etilib, maktablarga yetkazildi.
O‘quv-tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha mamlakatimiz miqyosida 28 tajriba-tadqiqot maydonida 2010-2014-yillarda sinovdan o‘tkazilgan 150 dan ortiq pedagogik texnologiya 4 guruhga turkumlashtirilib, amaliyotga joriy etildi. Bugungi kunda ushbu tajriba-tadqiqot maydonlari “mahorat maktablari”ga aylantirilib, ularda o‘quvchilarga mustaqil bilim olish, boshlang‘ich tadqiqotlarni amalga oshirish ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan “Muammoli ta’lim texnologiyasi”, “Loyiha-tadqiqot texnologiyasi”, “Hamkorlik texnologiyasi” kabi ta’lim uslublari sinovdan o‘tkazilmoqda.
Prezidentimiz sovg‘asi sifatida 1-sinfga qadam qo‘ygan o‘quvchilarga darslik va o‘quv qurollari bepul tarqatilmoqda. 2-4-sinf o‘quvchilari uchun har ikki yilda, 5-9-sinf o‘quvchilari uchun har to‘rt yilda darsliklar qayta chop etilishi yo‘lga qo‘yilgan. Bunday tartib darsliklarni ham mazmunan, ham dizayn tomonidan davr talabi asosida takomillashtirib borish imkonini beradi.
2005-2006 o‘quv yilidan boshlab umuta’lim maktablari o‘quvchilarini ijara tizimi orqali darsliklar bilan ta’minlashga to‘liq o‘tildi. Barcha maktablarning 1-sinf o‘quvchilari, Mehribonlik uylari, ixtisoslashtirilgan maktablar, maktab-internatlar tarbiyalanuvchilari darslik hamda o‘quv qo‘llanmalar bilan bepul ta’minlanmoqda.
Davlatimiz rahbarining 2012-yil 10-dekabrdagi «Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq bolalarga 1-sinfdan boshlab chet tilini o‘rgatish keng yo‘lga qo‘yildi.
Matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga batafsil javob berildi.
www.uza.uz
Просмотров: 850 | Добавил: Bahodir | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Kirish uslubi
Saytdan izlash
Taqvim
«  Iyun 2015  »
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930
Arxiv
Foydali saytlar
  • XTV sayti
  • Ziyonet
  • Hukumat portali
  • Respublika ta'lim markazi
  • Bolalar kutubxonasi
  • Respublika tashxis markazi
  • Copyright MyCorp © 2024