Shanba, 12.10.2024, 14:14
Hush kelibsiz Гость | RSS
 Toshkent viloyati Parkent tumani Xalq Ta'limi Bo'limi
Bosh sahifa Ro'yxatdan o'tishKirish
Sayt menyusi
Паркент
ЕвроМетео
Statistika

Jami onlaynda 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar 0
Главная » 2015 » Sentabr » 28 » Cet tili
23:28
Cet tili
Prezidentimiz Islom Karimovning 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori navqiron avlodning xorijiy tillarni o‘rganishiga oid amaliy chora-tadbirlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishda asosiy omil bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan yig‘ilishda mazkur qarorning O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimidagi ijrosi atroflicha muhokama etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari N.Umarov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi A.Shodmonov, O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri U.Inoyatov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yosh avlodni zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta o‘zlashtirgan, mustaqil fikrlaydigan va yuksak salohiyatli insonlar etib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Davlatimiz rahbarining yuqorida qayd etilgan qaroriga ko‘ra, 2013-2014 o‘quv yilidan boshlab barcha umumta’lim maktablarining 1-sinf o‘quvchilari uchun chet tillarini mukammal o‘qitish boshlandi. Shu maqsadda yangi davlat ta’lim standartlari, o‘quv qo‘llanmalar, darslik majmualari yaratildi.

Keyingi 3-yilda 5 milliondan ortiq tirajda darsliklar chop etildi. 17 ming 222 chet tili kabineti uchun qo‘shimcha adabiyotlar, lug‘atlar davlat byudjeti hisobidan yetkazib berildi. Xorijiy tillarni o‘rgatishga oid rang-barang elektron axborot-ta’lim resurslari, videodarslar, videoqo‘llanmalar, interfaol o‘yinlar kabi 50 dan ortiq ma’rifiy resurs yaratildi.

Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha ham bir qator ishlar amalga oshirildi. O‘tgan davrda 18 mingga yaqin chet tili o‘qituvchisining kasb malakasi oshirildi. Maktabgacha ta’lim maskanlari va maktabdan tashqari o‘quv muassasalarida ham chet tillarini o‘rganish bo‘yicha to‘garaklar, mashg‘ulotlar muntazam tarzda tashkil etilmoqda.

Yig‘ilishda tizimda mavjud imkoniyatlardan, o‘quv dargohlariga yetkazib berilgan jihozlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni puxta o‘rganish kabi masalalar dolzarb ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.
Просмотров: 656 | Добавил: Bahodir | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Kirish uslubi
Saytdan izlash
Taqvim
«  Sentabr 2015  »
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930
Arxiv
Foydali saytlar
  • XTV sayti
  • Ziyonet
  • Hukumat portali
  • Respublika ta'lim markazi
  • Bolalar kutubxonasi
  • Respublika tashxis markazi
  • Copyright MyCorp © 2024