Shanba, 12.10.2024, 14:20
Hush kelibsiz Гость | RSS
 Toshkent viloyati Parkent tumani Xalq Ta'limi Bo'limi
Bosh sahifa Ro'yxatdan o'tishKirish
Sayt menyusi
Паркент
ЕвроМетео
Statistika

Jami onlaynda 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar 0
Главная » 2015 » Noyabr » 5 » Dolzarb vazifalar muhokama etildi
17:30
Dolzarb vazifalar muhokama etildi
Xalq ta'limi vazirligining 2015-yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar tahlili hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan hay'at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda vazirlik hay'at a'zolari, boshqarma va bo‘lim boshliqlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta'limi boshqarmalari boshliqlari, davlat pedagogika va malaka oshirish institutlari rektorlari, barcha tuman(shahar) XTMFMTTE bo‘limlari mudirlari, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining mintaqaviy filiallari direktorlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Majlisni Xalq ta'limi vaziri, hay'at raisi Ulug‘bek Inoyatov olib bordi.

Hay'at raisi hisobot davrida ta'lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish yuzasidan bajarilgan ishlar, qo'lga kiritilgan yutuqlar, umumta'lim maktablari va maktabgacha ta'lim muassasalarida o'quvchi-yoshlarni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash uchun yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida axborot berdi. Jumladan, majlisda 2015 yilning 9 oyi davomida jamiyatimizdagi boshqa sohalarda bo‘lgani kabi xalq ta'limi tizimida ham muayyan ishlar amalga oshirildi. Xususan, ota-onalar uchun bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha 5 ta nomdagi qo'llanma (kitob)lardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.

“Ta'limda global hamkorlik” loyihasi doirasida 1220 ta qisqa muddatli guruhlar tarbiyachilariga shtat birliklari ajratildi, qisqa muddatli guruhlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

O‘quvchilarning egallagan bilim va ko‘nikmalarini amaliyotda mustaqil ravishda qo‘llay olishga o‘rgatish maqsadida 18 ta umumta'lim fanlari bo‘yicha tayyorlangan uzluksiz ta'limning kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan Davlat ta'lim standartlari 75 ta maktab, 59 ta kasb-hunar kolleji va akademik litseylarda tajriba-sinovdan o‘tkazilmoqda.

Ta'lim muassasalarida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni keng joriy etishga qaratilgan 28 ta ilg‘or pedagogik texnologiyalar tajriba-sinov maydonlarida tajribadan o‘tgan 150 ga yaqin interfaol metod, ilg‘or pedagogik texnologiyalar va ilg‘or ish tajribalar ommalashtirilib, vazirlik ta'lim portaliga joylashtirildi.
Ilg‘or tajribalar va pedagogik texnologiyalarni keng targ‘ib qilish maqsadida hududlarda “Mahorat maktablari” faoliyati yo‘lga qo‘yildi. O‘qituvchi va metodistlarga tezkor metodik yordam berish uchun videokonferensiya aloqasi orqali “Masofaviy metodik xizmat tizimi” tashkil etilib, barcha umumta'lim fanlari bo‘yicha vebinarlar tashkil etildi.

Boshlang‘ich 1-2-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida 7 nomdagi metodik qo‘llanmalar va ularning multimediali ilovalari ishlab chiqildi va ta'lim muassasalariga to‘liq yetkazildi.

Umumta'lim muassasalari chet tili o‘qituvchilarining kasbiy va pedagogik mahoratini takomillashtirish maqsadida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi har haftalik malaka oshirish kurslar tashkil etildi.

Malaka oshirish institutlari faoliyati samaradorligini (reytingini) aniqlash mexanizmi va tinglovchilarning malaka oshirishdan keyingi faoliyati samaradorligi monitoringini olib borish yo‘lga qo‘yildi.

Yig‘ilishda umumta'lim muassasalarining malakali kadrlarga, xususan, chet tili fani o‘qituvchilariga ehtiyojini qondirish, tizimda kadrlar zaxirasini yaratish, maktab o‘quvchilari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, bolalar salomatligini saqlash va boshqa vazifalar xususida ham so‘z yuritilib, ishtirokchilar fikr-mulohazalari tinglandi. Anjuman so‘ngida tizimdagi muhim masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar belgilab olindi.

Xalq ta'limi vazirligi
Axborot xizmati
Просмотров: 747 | Добавил: Bahodir | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Kirish uslubi
Saytdan izlash
Taqvim
«  Noyabr 2015  »
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Arxiv
Foydali saytlar
  • XTV sayti
  • Ziyonet
  • Hukumat portali
  • Respublika ta'lim markazi
  • Bolalar kutubxonasi
  • Respublika tashxis markazi
  • Copyright MyCorp © 2024