Shanba, 12.10.2024, 14:18
Hush kelibsiz Гость | RSS
 Toshkent viloyati Parkent tumani Xalq Ta'limi Bo'limi
Bosh sahifa Ro'yxatdan o'tishKirish
Sayt menyusi
Паркент
ЕвроМетео
Statistika

Jami onlaynda 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar 0
Главная » 2014 » Fevral » 16 » Fevral Matematika-informatika fani oyligi
14:34
Fevral Matematika-informatika fani oyligi

Umumta’lim maktablarida Matematika fani oyligini tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan tavsiyalar

Umumta’lim maktablarida mana  bir necha yillardan buyon  har bir o‘quv predmeti bo‘yicha fan oyliklari o‘tkazib kelinmoqda. Fan oyligini o‘tkazishdan maqsad – dars va darsdan tashqari o‘tkaziladigan tadbirlarni ta’lim tarbiyadagi ahamiyati, o‘quvchilarni mazkur fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish,  bilim samaradorligini ko‘tarish, hozirgi zamon fan va texnikasi yutuqlari bilan doimo tanishib borish, o‘rganishga bo‘lgan intilishlarini o‘stirish, o‘qituvchi va o‘quvchining ijodiy hamkorligini targ‘ib etish, fan bo‘yicha o‘quv metodik ishlarni jonlantirish, o‘qituvchilar ijodiy faoliyatlarini kuchaytirish, izlanuvchan, ijodkor o‘qituvchilarni aniqlash, ularning tajribalarini o‘rganish va targ‘ibot qilish, ta’lim jarayonida qo‘llayotgan uslublarini takomillashtirishdan iboratdir.

Fan oyligi ta’lim muassasalaridagi o‘quv tarbiya jarayonining zamonaviy talablar darajasida bo‘lishini ta’minlash, fan o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini oshirish, ularning ijodiy izlanishlari va mehnatlarini ro‘yobga chiqarish omili hamdir.  Shuni aytish joizki, fan mutaxassislari o‘rtasida fanning o‘ziga xos xususiyatlari,  murakkabligi, o‘zlashtirishlik darajasi, hayotdagi o‘rni haqida  turli xil fikr-mulohazalar, bahs-munozaralarga olib kelishi mumkin. Tashkil etilajak fan oyliklari esa bu yo‘nalishga oydinlik kiritish bilan birga, sohadagi mavjud o‘ziga xoslikni, yangiliklarni  ham namoyon etadi.

Fan oyligi davomida maktablarning pedagogik jamoasi faolligi, mahoratli kadrlar bilan ta’minlanganligi, matematika fani xonasining zarur ko‘rgazmali-didaktik materiallar bilan jihozlanishi, ota-onalar bilan maktabning hamkorligini jonlantirish, ularni fandagi  yangiliklar, ta’lim  tizimidagi o‘zgarishlar, o‘quvchilarning o‘zlashtirish va  bilim  samaradorligi ko‘rsatkichlari bilan tanishtirish kabilarga qaratilgan qator ishlar amalga oshiriladi.

O‘quvchilarni  kasbga  yo‘naltirish  maqsadida  oliy o‘quv yurtlari, akademik litseylar va kasb-hunar  kollejlariga  ekskursiyalar  uyushtirish, shahar, viloyatlardagi oliy o‘quv yurtlari professor, olimlari  bilan   o‘quvchilar   uchrashuvlarini tashkil etish ishlari rejalashtiriladi.

Fanga oid devoriy gazetalar chiqarilib, unda  qiziqarli ma’lumotlar, internet sahifalaridan olingan fan yangiliklari yoritiladi.

Maktab, tuman, shahar, viloyat miqyosida eng yaxshi uslubiy birlashma, ijodkor o‘qituvchi va metodistlarning ish tajribalari o‘rganilib,  ommalashtiriladi.

Matematika fan oyligida o‘quvchilar  bilan  sinfdan tashqari vaqtda ularning olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlash,  fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida, sinflar va maktablararo «Yosh matematiklar», «Nima, qaerda, qachon?»  kabi qiziqarli mavzularda festivallar, fan bilimdonlari bellashuvi va  bahs-munozaralar o‘tkaziladi. Fan oyligiga bag‘ishlangan tadbirlarda o‘qituvchilar jamoasini yoshlarga bilim berishdagi mehnatlari, ulardagi ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish borasida qilgan ishlarini qadrlash va baholash maqsadida oylik davomida faol qatnashgan fan o‘qituvchilari  rag‘batlantiriladi.

 Maktabdagi matematika faniga tegishli uslubiy birlashmaning yillik ish rejasida fan oyligi uchun mazkur fan yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkaziladigan kunlik, haftalik tadbirlar belgilanadi. Fan oyligining har bir haftasi uchun aniq bir yo‘nalish asosida tadbirlar rejalashtiriladi. Mazkur tadbirlar maktabning yillik ish rejasiga  kiritilib, pedagogik kengash, uslubiy kengash va uslubiy birlashma yig‘ilishlarida  tasdiqlanadi hamda  ijrosi  muhokama  qilinadi.   

Fan oyligini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha o‘tgan yillar davomida to‘plangan tajribalar asosida 2014 yil Matematika fan oyligini tashkil etish va o‘tkazishning  tadbirlar mazmunini quyidagi namuna asosida  rejalashtirish tavsiya etiladi:

I - haftada "Matematika fani o‘qituvchilarining metodik ishlari haftaligi”da fan oyligining boshlanishida va yakunida umumta’lim maktablari o‘quvchilaridan sinflar kesimida sinov testlari olinadi. O‘quvchilarning mazkur fandan egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarning monitoringi metodbirlashmada jadval va diagrammalar asosida atroflicha tahlil qilinib, muhokama qilinadi.  Bu haftadagi ishlarni tashkil etishga mas’ul sifatida Matematika fani o‘qituvchisi, Metod birlashma boshlig‘i va a’zolarining vazifalarini aniq belgilab qo‘yish maqsadga muvofiq.

II  - hafta  "Ochiq darslar haftaligi”da o‘qituvchilar sinflar kesimida aniq belgilangan mazular bo‘yicha mashg‘ulotlarni olib boradilar. O‘qituvchilarning ismi shariflari ko‘rsatilib, belgilangan ochiq darslar jadvali avvaldan tayyorlanadi va maktabning e’lonlar doskasiga osib qo‘yiladi. Ochiq darslar jadvali asosida mashg‘ulotlarning o‘tkazilishida ota-onalar, o‘qituvchilar, metodistlarning  darslarni  faol kuzatishi va taxlil qilishi maqsadga muvofiq.

III- hafta "Matematik marafonlar haftasi”da o‘tkaziladigan tadbirlar, ularning mavzulari, o‘tkazilish vaqti, tashkil etishga mas’ullar oldindan belgilanib, tuzilgan jadvalni e’lonlar doskasiga ilinadi. Tadbirlarning tashkil etilishi va o‘tkazilishiga o‘quvchilar, maktab jamoasi, ota-onalar,  mahalla ahli jalb etiladi.

IV – hafta "Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning natijalari” haftasida amalga oshirilgan ishlarning hisobotlari olinadi, umumlashtiriladi, kelgusidagi ishlar rejalashtiriladi. Belgilangan tadbirlarda o‘quvchilar, ularning ota-onalari, mahalla faollari, maktab jamoasining ishtirok etishini ta’minlash maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Fan oyligi davomida olib boriladigan har bir rejalashtirilgan ishlarni yorqin rangli reklamalar tarzida  maktabning e’lonlar doskasiga osib qo‘yiladi. Fan oyligining yakunida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari aniqlanib, taxlil qilinadi va natijalar metodbirlashmada muhokama etiladi. O‘tkaziladigan tadbirlar, ochiq darslar va  olib borilgan sinfdan tashqari ishlarga ota-onalar ham jalb qilinadi. Fan oyligining yakunlanishi bayramona ruhda o‘tkaziladi. Unda muzkur jarayonda faol ishtirok etgan o‘quvchilar, o‘qituvchilar,  sinflarning reytingi chiqariladi, uning natijalariga ko‘ra faol sinflar, o‘quvchilar va o‘qituvchilar rag‘batlantiriladi.

Matematika fan oyligini tashkil etish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan, barcha olib borilgan ishlar aks ettirilgan hujjatlar, fotoalbomlar va boshqa materiallar maktabning metodbirlashmasida saqlanadi.

 

RTM Tabiiy va aniq fanlar bo‘limi boshlig‘i               M.Tillaboeva

Matematika fani bosh metodisti                           L.N.Ten

 

 

 

Просмотров: 2080 | Добавил: Bahodir | Рейтинг: 1.5/2
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Kirish uslubi
Saytdan izlash
Taqvim
«  Fevral 2014  »
DuSeChPaJuShYa
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728
Arxiv
Foydali saytlar
  • XTV sayti
  • Ziyonet
  • Hukumat portali
  • Respublika ta'lim markazi
  • Bolalar kutubxonasi
  • Respublika tashxis markazi
  • Copyright MyCorp © 2024