Shanba, 12.10.2024, 14:21
Hush kelibsiz Гость | RSS
 Toshkent viloyati Parkent tumani Xalq Ta'limi Bo'limi
Bosh sahifa Ro'yxatdan o'tishKirish
Sayt menyusi
Паркент
ЕвроМетео
Statistika

Jami onlaynda 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar 0
Главная » 2014 » May » 24 » Hayr maktab - salom kollej tadbirlari
19:13
Hayr maktab - salom kollej tadbirlari

Parkent tumani XTMFMTvaTE bo‘limi tizimidagi muassasalarda har yili 25 mayda «Xayr, maktab - salom, kollej» kechalarini o‘tkazish dasturga aylangan. Ayniqsa O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligiga 23 yilligi oldidan ushbu kechalarning o‘tilishi ularga ko‘tarinki ruh bag‘ishlaydi. Bu kun bitiruvchi 9-sinf o‘quvchilari uchun eng quvonchli hamda unutilmas kun bo‘lib hisoblanadi.

«Xayr, maktab - salom, kollej» kechasi 2014 yil 24 may kuni ertalab 8.00 da maktab hovlisida ochiq maydonda va “Zamonaviy bilimlar bilan zamonaviy kasb-hunarga ega bo‘lamiz” shiori ostida o‘tkazildi. Tadbir o‘quvchilarda kelajakka ishonch, ustozlarga hurmat ehtirom, Vatanga muhabbat tuyg‘ularni uyg‘otishga bag‘ishlandi.

Parkent tuman Xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limiga qarashli 49ta umumta'lim maktablarida 24 may kuni ertalab soat 8:00 da O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi yangrashi bilan "Xayr maktab - Salom kollej” tadbiri boshlandi.

Tadbir bayramona bezatilgan umumta'lim maktab hovlisida havaskorlar to‘garagi chiqishlari, ota-onalar va faxriy o‘qituvchilar tabriklari bilan boshlandi. Tadbirda jonajon Vatanimizni, tinchlik-osoyishtalikni, yoshlik va muhabbatni, ustozlarga ehtiromni tarannum etuvchi she'rlar o‘qildi, kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Fan olimpiadalari, intellektual bellashuvlar, ijodiy tanlovlarda, obodonlashtirish va jamoat ishlarida faol qatnashgan yoshlarga faxriy yorliqlar topshirildi. So‘nggi qo‘ng‘iroq chalinganida har bir o‘quvchi yana bir yoshga ulg‘ayganini anglab, qalbi quvonchga to‘ldi. Qo‘ng‘iroq 9-sinf bitiruvchilari uchun maktabda so‘nggi bora darsga chorlab chalindi. Biroq 9-sinf o‘quvchilari uchun 2 sentyabr kuni qo‘ng‘iroq kasb hunar kollejlari va akademik litseylarda yana qayta chalinadi. Ular ta'liming keyngi bosqichi hisoblangan kasb hunar ta'limi olish uchun yana 3 yil davomida o‘qishni davom ettiradilar.

Tadbir so‘nggida barcha umumta'lim maktablari «Xayr maktab - salom kollej» tadbiri doirasida hududdagi kasb hunar kollejlariga borishdi. Ular o‘rta maxsus ta'lim muassasalaridagi sharoitlar, o‘quv laboratoriya xonalari bilan tanishdilar.

Tumanimizdagi mavjud 49 ta 9 yillik maktablarni bu yil 2710 nafar o‘quvchilar muvaffaqiyatli bitkazib, ta'limning keyingi bosqichida tumanimizdagi 6 ta kasb hunar kollejlarida,  Toshkent viloyati va Toshkent shaxridagi kasb hunar kollejlari , akademik litseylarda o‘qishni davom ettirishi uchun barcha shart sharoitlar yaratilgan.

2013-2014 o‘quv yilida tumandagi mavjud umumta'lim maktablarining 9-sinfini bitiruvchi 2710 nafar o‘quvchi yoshlar  o‘rtasida tuman Xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi tashxis markazi tomonidan o‘tkazilgan maxsus so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, umumta'lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarining 2200  nafari tumanimiz hududlarida joylashgan 6 ta kasb hunar kollejlarida , qolgan 510 nafari esa Toshkent viloyati hamda Toshkent shahridagi kasb-xunar kolleji va akademik litseylarda o‘qishni davom ettirish istagini bildirishgan.


 


 

Просмотров: 1018 | Добавил: Bahodir | Рейтинг: 2.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Kirish uslubi
Saytdan izlash
Taqvim
«  May 2014  »
DuSeChPaJuShYa
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Arxiv
Foydali saytlar
  • XTV sayti
  • Ziyonet
  • Hukumat portali
  • Respublika ta'lim markazi
  • Bolalar kutubxonasi
  • Respublika tashxis markazi
  • Copyright MyCorp © 2024