Shanba, 12.10.2024, 14:16
Hush kelibsiz Гость | RSS
 Toshkent viloyati Parkent tumani Xalq Ta'limi Bo'limi
Bosh sahifa Ro'yxatdan o'tishKirish
Sayt menyusi
Паркент
ЕвроМетео
Statistika

Jami onlaynda 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar 0
Главная » 2015 » Iyul » 11 » Ixtisoslashtirilgan sinf va ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasasida hujjatlarni qabul qilish tartibi
13:34
Ixtisoslashtirilgan sinf va ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasasida hujjatlarni qabul qilish tartibi
Ixtisoslashtirilgan sinf va ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasasining 2-sinfiga o'quv yili tamom bo'lgandan keyin 1-sinf o'quvchilari, ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasasining (maktab-internatning) 5-sinfiga o'quv yili tamom bo'lgandan keyin 4-sinf o'quvchilari tanlov asosida qabul qilinadi.
Ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasasi (ixtisoslashtirilgan sinfi mavjud umumta'lim maktabi)ning rahbariyati tanlovni sifatli va raqobatli o'tkazish maqsadida hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan kamida 2 oy oldin tanlov haqida ommaviy axborot vositalarida (respublika, viloyat va tuman (shahar) miqyosidagi gazetalarda) e'lon beradi.
Ixtisoslashtirilgan sinf va ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasasining 2-sinfi uchun hujjatlar 1-31 iyul kunlari hamda 5-sinfi uchun hujjatlar 1-20 iyul kunlari qabul qilinadi.
5-sinfga o'quvchilar qabuli bo'yicha buyurtmanoma O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan umumlashtirilib, 25 iyul kuniga qadar Davlat test markaziga taqdim etiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun o'quvchilardan quyidagi hujjatlar qabul qilinadi:
Ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasasi (ixtisoslashtirilgan sinfi mavjud umumta'lim maktabi) direktori nomiga ariza;
tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomaning nusxasi;
086-U shakl bo'yicha tibbiy ma'lumotnoma;
3 x 4 hajmdagi 6 ta fotosurat;
psixologik-pedagogik diagnostika daftari asosida o'quvchining qiziqishlari, o'quv fanlarini o'zlashtirishi haqida tasdiqlangan tavsifnoma;
yashash joyidagi fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organidan ma'lumotnoma;
ta'lim yo'nalishi bo'yicha o'quvchining iste'dod va iqtidorini ko'rsatuvchi ishlaridan namunalar, agar ular mavjud bo'lsa (nashr etilgan yoki qo'lyozma sifatida yozilgan she'rlar, hikoyalar, rasmlar va boshqalar).

Ixtisoslashtirilgan sinf va ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasasining 2-sinfi hamda ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasasining (maktab-internatning) 5-sinfi uchun tanlovlar 5-20 avgust kunlari oralig'ida o'tkaziladi.
Ixtisoslashtirilgan sinfi mavjud umumta'lim muassasasi va ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasasida Komissiya tomonidan tasdiqlangan jadval asosida murojaat qiluvchilarga maslahat berib boriladi.
Mazkur tartib O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012 yil 1 fevralda 2321-son bilan davlat ro'yxatidan o'tkazilgan O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2011 yil 26 dekabrdagi 38, 42 q/q-son qarori bilan tasdiqlangan.
Просмотров: 822 | Добавил: Bahodir | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Kirish uslubi
Saytdan izlash
Taqvim
«  Iyul 2015  »
DuSeChPaJuShYa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Arxiv
Foydali saytlar
  • XTV sayti
  • Ziyonet
  • Hukumat portali
  • Respublika ta'lim markazi
  • Bolalar kutubxonasi
  • Respublika tashxis markazi
  • Copyright MyCorp © 2024