Shanba, 12.10.2024, 14:18
Hush kelibsiz Гость | RSS
 Toshkent viloyati Parkent tumani Xalq Ta'limi Bo'limi
Bosh sahifa Ro'yxatdan o'tishKirish
Sayt menyusi
Паркент
ЕвроМетео
Statistika

Jami onlaynda 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar 0
Главная » 2014 » Sentabr » 16 » Mustaqillik madhi bolalar ijodida
14:35
Mustaqillik madhi bolalar ijodida
Respublika bolalar kutubxonasida Xalq ta'limi vazirligi tomonidan an'anaviy o`tkazib kelinayotgan “Mustaqillik madhi bolalar ijodida” ko`rik-tanlovi g`oliblarini taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi. 
Inson ma'naviyatini yuksaltirishda, uning qalbini go`zallik va ezgulikka oshno etishda, qolaversa, o`quvchi yoshlarning iqtidorlarini namoyon etishda san'at va adabiyotning xizmati katta. “Mustaqillik madhi bolalar ijodida” Respublika ko`rik-tanlovi maktab o`quvchilari o`rtasida eng iste'dodlilarni topish va rag`batlantirishga qaratilgani bilan e'tiborlidir. 
1-9 sinf o`quvchilari o`rtasida o`tkaziladigan tanlovda asosan ona Vatan, el-yurt, ozod yurtda yashayotgan hamyurtlar qiyofasi, ko`kka bo`y cho`zgan dov-daraxtlaru yashil tabiat manzaralari aks ettirilgan. 
Tadbir tashkilotchilarining fikricha, bu yil mazkur tanlovga Respublika bolalar kutubxonasining rasmiy kitob.uz veb-sayti va elektron manziliga mingdan ortiq ijodiy ishlar kelib tushdi hamda ular hakamlar hay'ati tomonidan belgilangan talablar asosida baholandi. 
Tanlov yakuniga ko`ra, viloyat bosqichlarida saralangan, nasr va nazm, tasviriy san'at yo`nalishida muvafaqqiyatli ishtirok etgan 9 nafar o`quvchi taqdirlandi. 
— Bu tanlovda birinchi marta ishtirok etishim, tanlov haqidagi xabardan “Tong yulduzi” gazetasi orqali xabardor bo`ldim, — deydi tanlovning hikoya yo`nalishi bo`yicha 2-o`rin sohibi Sevinch Avazova. — Unda o`zimning hikoyalarim bilan ishtirok etib, ona yurtimga, qishlog`imga, ota-onamga, ustozlarimga hurmat-ehtiromimni bildirishga, zamondoshlarimiz turmushidagi yangilanishlarni, bunyodkorlik yo`lida mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz hayotini yoritishga baholi qudrat harakat qildim. Bunday tanlovlar yoshlar o`rtasida ko`proq o`tkazilsa, o`ylaymanki, o`zimizga bo`lgan ishonchimiz va izlanishimiz yanada ortadi. 
Tanlov g`oliblariga Xalq ta'limi vazirligi tomonidan diplom va esdalik sovg`alari topshirildi. 
Nargiza ASADOVA, 
 
Просмотров: 856 | Добавил: Bahodir | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Kirish uslubi
Saytdan izlash
Taqvim
«  Sentabr 2014  »
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930
Arxiv
Foydali saytlar
  • XTV sayti
  • Ziyonet
  • Hukumat portali
  • Respublika ta'lim markazi
  • Bolalar kutubxonasi
  • Respublika tashxis markazi
  • Copyright MyCorp © 2024