Shanba, 12.10.2024, 12:21
Hush kelibsiz Гость | RSS
 Toshkent viloyati Parkent tumani Xalq Ta'limi Bo'limi
Bosh sahifa Ro'yxatdan o'tishKirish
Sayt menyusi
Паркент
ЕвроМетео
Statistika

Jami onlaynda 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar 0
Главная » 2017 » Mart » 13 » Ommaviy kitobxonlik haftalig
07:21
Ommaviy kitobxonlik haftalig
Xalq ta'limi vazirligi o'quvchilarning bilim olishga qiziqishlarini shakllantirish, ularda mutolaa madaniyatini tarbiyalash, kitobxonlikni rivojlantirishga innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish maqsadida “Ommaviy kitobxonlik haftaligi”ni o‘tkazmoqda.

Haftalik shu yilning 3-8-aprel kunlari respublikadagi barcha umumta'lim maktablari, axborot-resurs markazlarida o'tkaziladi. Haftalik doirasida:

ilmiy-amaliy konferensiyalar;
davra suhbatlari;
taniqli bolalar shoir va yozuvchilari bilan ijodiy uchrashuvlar;
yangi adabiyotlar ko‘rgazmalari;
mahorat saboqlari;
turli tanlovlar, viktorinalar, intellektual o‘yinlar tashkil etiladi.
Mazkur loyihaning asosiy vazifasi axborot-kutubxona muassasalari va maktab kutubxonalarida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarida kitob mutolaa qilishlariga sharoit yaratish, kitobxonlikni eng muhim madaniy ehtiyoj sifatida ommalashtirish, o'quvchilarda kitobxonlikka bo‘lgan mehrni o‘yg'otish, oilada va ta'lim muassasasida mutolaa muhitini yuzaga keltirish va ijodkor o‘quvchilarni taqdirlashdan iborat.

Xalq ta'limi vazirligi tomonidan mazkur haftalikni uyushqoqlik bilan va yuqori saviyada tashkil etish maqsadida maxsus metodik tavsiyanoma ishlab chiqilib, joylarga yetkazildi. Haftalik yakunlari bo'yicha unda faol ishtirok etgan o‘quvchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Xalq ta'limi vazirligi
Axborot xizmati
Просмотров: 659 | Добавил: Bahodir | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Kirish uslubi
Saytdan izlash
Taqvim
«  Mart 2017  »
DuSeChPaJuShYa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Arxiv
Foydali saytlar
  • XTV sayti
  • Ziyonet
  • Hukumat portali
  • Respublika ta'lim markazi
  • Bolalar kutubxonasi
  • Respublika tashxis markazi
  • Copyright MyCorp © 2024