Shanba, 12.10.2024, 14:17
Hush kelibsiz Гость | RSS
 Toshkent viloyati Parkent tumani Xalq Ta'limi Bo'limi
Bosh sahifa Ro'yxatdan o'tishKirish
Sayt menyusi
Паркент
ЕвроМетео
Statistika

Jami onlaynda 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar 0
Главная » 2014 » Iyun » 24 » Qabul-2014
13:27
Qabul-2014

O‘zbekiston Respublikasining o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilda tumandagi 49 ta umumta’lim maktabini bitirayotgan  o‘quvchi yoshlar uchun joylarda faoliyat yuritayotgan psixologik-pedagogik tashxis markazlari o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha sezilarli ishlarni amalga oshirmoqda.        Maktab bitiruvchilarini ta’limning keyingi bosqichiga to‘liq qamrab olish maqsadida xalq ta’limi tizimida 2013-2014 o‘quv yilida joriy etilgan tashxis.uz saytining bazasida o‘rta maxsus ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasi shakllantirildi. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi viloyat hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda “Umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini to‘liq qamrab olish uchun bajariladigan ishlar xaritasi” nomli tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, ijrosi ta’minlanmoqda. Tumandagi barcha kasb-hunar kollejlarida “Ochiq eshiklar kuni”, “To‘g‘ri tanlangan kasb – oila farovonligining asosi”, “Men orzu qilgan kasb”, “Mutaxassislik – sening kelajaging” kabi tadbirlar o‘tkazildi.

    Parkent tumandagi mavjud 6 ta kasb-hunar kollejida o‘quvchilar uchun barcha sharoit yaratilgan. Tuman hokimligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan umumta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bilan uchrashuvlarda qizlar masalasiga alohida e’tibor qaratilayotir. Pedagoglar, amaliyotchi-psixologlar, huquqshunoslar, mahalla va xotin-qizlar qo‘mitalari faollari hamkorligida ota-onalarga qizlarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, oilasi mustahkam bo‘lishi, farzandlarini barkamol etib tarbiyalashi, o‘z huquq va burchlarini tanishida o‘qish va kasb-hunar egallashning ahamiyati keng tushuntirilmoqda. Barcha umumta’lim maktablarining 7-9 sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Qiz bolaning kasbi – uning baxti” mavzusida davra suhbatlari o‘tkazilgani ham ana shu ishlarning uzviy davomidir.

Parkent tumani XTMFMTvaTEB mudiri                 M Xasanov

24.06.2014 y.


 

Просмотров: 772 | Добавил: Bahodir | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Kirish uslubi
Saytdan izlash
Taqvim
«  Iyun 2014  »
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Arxiv
Foydali saytlar
  • XTV sayti
  • Ziyonet
  • Hukumat portali
  • Respublika ta'lim markazi
  • Bolalar kutubxonasi
  • Respublika tashxis markazi
  • Copyright MyCorp © 2024