Shanba, 12.10.2024, 14:18
Hush kelibsiz Гость | RSS
 Toshkent viloyati Parkent tumani Xalq Ta'limi Bo'limi
Bosh sahifa Ro'yxatdan o'tishKirish
Sayt menyusi
Паркент
ЕвроМетео
Statistika

Jami onlaynda 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar 0
Главная » 2016 » Iyun » 28 » Qat'iyatli yangi avlod
07:28
Qat'iyatli yangi avlod

Bugun o‘zining mustaqil fikriga ega, bir nechta xorijiy tillarni mukammal biladigan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalana oladigan, qisqacha aytganda, qat'iyatli yangi avlod hayotga dadil kirib kelmoqda.

Mazkur jarayonda uzluksiz ta'lim tizimining muhim bo‘g‘ini hisoblangan “Barkamol avlod” Respublika bolalar badiiy ijodiyot markazining alohida o‘rni bor. Ushbu markaz yoshlarni ona-Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida voyaga yetkazish, kasb-hunarlarning boshlang‘ich sir-asrorlarini o'rgatishda salmoqli hissa qo‘shayotir.
Ayni paytda markazda 727 nafar o‘g‘il-qiz jalb qilingan 38 ta to‘garak faoliyat ko‘rsatayapti. Muassasamizda uzluksiz ravishda turli tadbirlar, ko‘rik-tanlov hamda ijodiy bellashuvlar tashkil etiladi. Shu yo‘l bilan navqiron avlodning bilim olishga, kasb-hunar egallashga bo‘lgan qiziqishlarini oshirib boramiz.

Qolaversa, markazimiz to‘garaklari a'zolari mamlakatimiz miqyosida uyushtirilayotgan qator ko‘rik-tanlovlarda muvaffaqiyatli qatnashib, o‘z iqtidorini namoyish qilayapti. Xususan, o‘tgan yilning noyabr oyida “Yosh hunarmand” ko‘rik-tanlovining final bosqichida zargarlik to‘garagi a'zosi Bunyod Mirzaxo‘jayev, yog‘och o‘ymakorligi to‘garagi a'zosi Abdulla Ismatullayev faxrli birinchi o‘rinni, mayda plastika to‘garagi vakili Kamron Xolmatov esa ikkinchi o‘rinni egalladi.

Shu bilan birga, iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilayotgan “Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivalida ham markazimiz a'zolari faol qatnashmoqda.

O‘quvchi-yoshlarning san'atga, go‘zallikka bo‘lgan muhabbatini yanada oshirish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida markazimizda karving san'ati, o‘g‘il bolalar uchun raqs, drama, fortepiano hamda shaxmat to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Prezidentimizning 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida muassasamizda ingliz tili to‘garagi faoliyat ko‘rsatayotir. Bundan tashqari, joylardagi “Barkamol avlod” bolalar markazlari uchun maxsus ingliz tili to'garagi o'quv rejasi loyihasi ishlab chiqildi va amaliyotga tatbiq etildi.

O‘quvchilarning yozgi ta'tilini mazmunli hamda maroqli tashkil qilish uchun maxsus o'quv rejalarini ishlab chiqdik. Shunga ko‘ra, markazimizda bir qator yumushlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Mehribonlik” oromgohida markazimiz tashabbusi bilan tuzilgan munchoqli bezak va mayda plastika to‘garaklari samarali faoliyat olib bormoqda.

Qisqacha aytganda, markaz o‘g‘il-qizlarning chinakam tarbiya maskaniga aylansin, deymiz. Zero, yoshlikda olingan bilim toshga o‘yilgan naqsh kabidir.

Doniyor ERMATOV,
"Barkamol avlod" Respublika bolalar
badiiy ijodiyot markazi direktori.

Просмотров: 794 | Добавил: Bahodir | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Kirish uslubi
Saytdan izlash
Taqvim
«  Iyun 2016  »
DuSeChPaJuShYa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
Arxiv
Foydali saytlar
  • XTV sayti
  • Ziyonet
  • Hukumat portali
  • Respublika ta'lim markazi
  • Bolalar kutubxonasi
  • Respublika tashxis markazi
  • Copyright MyCorp © 2024