Shanba, 12.10.2024, 14:23
Hush kelibsiz Гость | RSS
 Toshkent viloyati Parkent tumani Xalq Ta'limi Bo'limi
Bosh sahifa Ro'yxatdan o'tishKirish
Sayt menyusi
Паркент
ЕвроМетео
Statistika

Jami onlaynda 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar 0
Главная » 2014 » Iyul » 17 » “Sog‘lom bola yili”
06:03
“Sog‘lom bola yili”

Umumta’lim maktablarida “Sog‘lom bola yili” insholar tanlovining yakuni yuzasidan ma’lumot



 

Yurtboshimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 2014 yilning mamlakatimizda “Sog‘lom bola yili” deb e’lon qilinishi keng jamoatchilik tomonidan mamnuniyat bilan qo‘llab-quvvatlandi. Joriy yilning 19-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Dasturdaham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan sog‘lom, mustaqil fikrlay oladigan, yuksak intellektual, salohiyatli, chuqur bilimli va zamonaviy dunyoqarashga ega, mamlakat taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir barkamol avlodni shakllantirish, davlat va jamiyatning barcha kuch va imkoniyatlarini ana shu maqsadlarga safarbar etishga doir keng miqyosli chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturini men qanday tushundim”mavzusida insholar ko‘rik-tanlovini o‘tkazish– mustaqillik ruhida ta’lim olayotgan yoshlarning qabul qilingan Davlat dasturi mazmun – mohiyatini qanchalik chuqur anglab yetganligini, u asosida mamlakatimizda amalga oshiriladigan vazifalar: bolalar tug‘ilishi, ta’lim-tarbiyasi, oilada sog‘lom muhitni, uning iqtisodiy va ma’naviy-axloqiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar haqida, u asosida o‘z oilasi, mahallasi, qishlog‘i, shahari, tumani va viloyatida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, yoshlar uchun yaratib berilayotgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar haqidagi qarashlari va fikr – mulohazalarini qaydarajada ekanligini bilish, yo‘nalishda olayotgan bilimlarining saviyasi va ijodiy salohiyati qanday shakllanganligini belgilashga, tegishli fanlarning o‘qitilish va o‘zlashtirilish sifat ko‘rsatkichini aniqlashga sharoit yaratdi.

Insholar tanlovining birinchi maktab bosqichida umumta’lim maktablarining 8-9-sinf o‘quvchilari deyarli ommaviy ravishda ishtirok etdilar.

Insholar ko‘rik-tanlovini o‘tkazishda: o‘quvchilarning Davlat dasturi mazmun – mohiyatini qanchalik chuqur anglab yetganligi, unda qanday vazifalarni amalga oshirish ilgari surilganligini, dastur asosida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan xayrli ishlarni hayotiy misollar, Prezident ma’ruzalari, badiiy va publitsistik asarlar, xalq maqollari, hikmatli so‘zlar, ibratli rivoyat va boshqa materiallardan o‘rinli va unumli foydalanishi kabi jihatlarga e’tibor qaratildi.

Tanlov natijalarida mustaqillik ruhida ta’lim olayotgan yoshlarning yanada barkamol va komil insonlar bo‘lib voyaga yetishi uchun davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan Davlat dasturlari, ko‘rsatilayotgan g‘amho‘rliklar, xususan, “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturining mazmun-mohiyatini qanday tushunganliklari, anglab yetganliklari haqidagi qarashlari va fikr – mulohazalarining qaydarajada ekanligini bilishga e’tibor qaratildi.

manba: Respublika ta'lim markazi .         17.07.2014 yil.

 

Просмотров: 710 | Добавил: Bahodir | Рейтинг: 2.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Kirish uslubi
Saytdan izlash
Taqvim
«  Iyul 2014  »
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Arxiv
Foydali saytlar
  • XTV sayti
  • Ziyonet
  • Hukumat portali
  • Respublika ta'lim markazi
  • Bolalar kutubxonasi
  • Respublika tashxis markazi
  • Copyright MyCorp © 2024