Shanba, 12.10.2024, 14:15
Hush kelibsiz Гость | RSS
 Toshkent viloyati Parkent tumani Xalq Ta'limi Bo'limi
Bosh sahifa Ro'yxatdan o'tishKirish
Sayt menyusi
Паркент
ЕвроМетео
Statistika

Jami onlaynda 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar 0
Главная » 2014 » Fevral » 28 » Sog'lom bola yili Davlat dasturi tasdiqlandi
12:22
Sog'lom bola yili Davlat dasturi tasdiqlandi

 

2014 yil 19 fevral kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Sog'lom bola yili” Davlat dasturi to'g'risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqida O'zA xabar bermoqda.


Xabarda ta'kidlanishicha, "dasturda avvalo ham jismoniy, ham ma'naviy jihatdan sog'lom, mustaqil fikrlay oladigan, yuksak intellektual salohiyatli, chuqur bilimli va zamonaviy dunyoqarashga ega, mamlakat taqdiri va kelajagi uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga qodir barkamol avlodni shakllantirish, davlat va jamiyatning barcha kuch va imkoniyatlarini ana shu maqsadlarga safarbar etishga doir keng miqyosli chora-tadbirlarni amalga oshirish ko'zda tutilgan”.


Dastur etti bo'lim va 125 banddan iborat bo'lib, unda bolalar tug'ilishi, ta'lim-tarbiyasi, oilada sog'lom muhitni, uning iqtisodiy va ma'naviy-ahloqiy asoslarini mustahkamlash, ijtimoiy soha rivojiga ajratilayotgan mablag'lar samaradorligini oshirish bilan bog'liq barcha masalalar aks etgan.


Birinchi navbatda, sog'lom va barkamol avlodni tarbiyalash uchun qulay tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratishga qaratilgan qonunchilik va me'yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, yangi qoida va me'yorlarni ishlab chiqish bo'yicha chora-tadbirlar belgilangan. Sakkizta qonun loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilgan


Dastur doirasida, xotin-qizlar, bolalar va o'smirlarning sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida har oyda sog'lomlashtirish haftaliklari tashkil etiladi, shuningdek, mamlakatimiz etakchi tibbiyot muassasalari mutaxassislari ishtirokida olis tumanlarda yashovchi 145 ming nafar aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi.


Mamlakatimizda 130 madaniyat va dam olish markazlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, o'n beshta yangi madaniyat va istirohat bog'larini barpo etish, mavjud yigirma to'qqiztasini rekonstruksiya qilish va ta'mirlash rejalashtirilgan.


2014 yilda namunaviy loyihalar asosida 11 ming yakka tartibdagi uylar quriladi.
Respublika ixtisoslashgan pediatriya ilmiy-amaliy markazining qator bo'linmalari, ToshPTI klinikalari, 13 viloyat ko'p tarmoqli bolalar tibbiy markazlari, 62 tuman tibbiyot birlashmalari va boshqa tibbiy va tibbiy-ijtimoiy muassasalar quriladi hamda tubdan ta'mirlanadi.Turli infeksiyalarga qarshi yangi vaksinalarning bosqichma- bosqich joriy qilinishini hisobga olib, bolalarni emlash dasturini takomillashtiriladi. Milliy emlash taqvimi asosida kontingentning kamida 97 foizini qamrab olgan profilaktik vaksinasiya qilish ko'lami kengaytiriladi.


Yil davomida maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va o'quvchilarning 6,6 millionga yaqini chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi.


Qishloqlarda yashaydigan onalarning reproduktiv salomatligini mustahkamlash maqsadida 400 ming nafar homilador ayol maxsus polivitaminlar bilan bepul ta'minlanadi.


"Barkamol avlod” bolalar markazlarini shakllantirish dasturining amalga oshirilishi jarayonida 66 shunday markazlar tubdan ta'mirlanadi va jihozlanadi.


2014/2015 o'quv yilida 2,6 million o'quvchi 575 nomdagi 25 million nusxa darsliklar va o'quv-uslubiy qo'llanmalar bilan ta'minlanadi.


Davlat dasturida 60,1 mingta o'quv o'ringa mo'ljallangan 380 umumta'lim maktablarini rekonstruksiya qilish va ta'mirlash, ularni komp
ьyuter texnikasi, o'quv-laboratoriya jihozlari va boshqa uskunalar bilan ta'minlash belgilangan.


Bundan tashqari, 161 kasb-hunar kolleji va akademik lisey, 48 bolalar musiqa va san'at maktabi, 110 bolalar sport ob'ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va tubdan ta'mirlash rejalashtirilgan.


586,9 ming nafar birinchi sinf o'quvchilariga o'quv jihozlari to'plamlari va 6,5 million nusxadagi darsliklar, umumta'lim maktablarining 500 mingdan ortiq 2-sinf o'quvchilariga chet tillar bo'yicha mul
ьtimediali ilovali darsliklar bepul beriladi.


Yozgi ta'til davrida bolalarning hordiq chiqarishi va bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishini ta'minlash maqsadida sog'lomlashtirish oromgohlariga 280 ming nafar o'g'il-qiz imtiyozli, 35,7 ming nafari bepul yo'llanmalar bilan ta'minlanadi.


Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan kam ta'minlangan oilalar farzandlariga 516,9 ming to'plamdagi qishki kiyim va 3,1 million nusxada darslik, o'quv qurollari bepul beriladi.
2014 yil noyabr
ь oyida Toshkentda «Bola uchun ijtimoiy sheriklik: milliy va xorijiy ilg'or tajriba» mavzusida xalqaro forum o'tkaziladi.


Davlat dasturi doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarga 4 509,2 milliard so'm va 302,9 million dollar miqdorida mablag' yo'naltiriladi.

Просмотров: 831 | Добавил: Bahodir | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Kirish uslubi
Saytdan izlash
Taqvim
«  Fevral 2014  »
DuSeChPaJuShYa
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728
Arxiv
Foydali saytlar
  • XTV sayti
  • Ziyonet
  • Hukumat portali
  • Respublika ta'lim markazi
  • Bolalar kutubxonasi
  • Respublika tashxis markazi
  • Copyright MyCorp © 2024