Shanba, 12.10.2024, 14:22
Hush kelibsiz Гость | RSS
 Toshkent viloyati Parkent tumani Xalq Ta'limi Bo'limi
Bosh sahifa Ro'yxatdan o'tishKirish
Sayt menyusi
Паркент
ЕвроМетео
Statistika

Jami onlaynda 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar 0
Главная » 2014 » Oktabr » 6 » Ta’lim-tarbiyaning birlamchi bo‘g‘ini
20:43
Ta’lim-tarbiyaning birlamchi bo‘g‘ini
Bolalarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, ularning borliq, turli o‘quv predmetlariga oid ilk tasavvurlari, mehnatsevarlik, tirishqoqlik, zukkolik, faollik kabi fazilatlarining qaror topishida maktabgacha ta’lim maskanlarining o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ta’lim sohasini izchil isloh etish borasida olib borilayotgan ezgu sa’y-harakatlarda uzluksiz o‘qitish tizimining boshlang‘ich bo‘g‘ini – maktabgacha ta’lim bosqichini sifat va mazmun jihatdan tobora takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatimizda davlat tasarrufidagi qariyb besh ming maktabgacha ta’lim muassasasi hamda 75 nodavlat bog‘chada bugungi kunda 581,5 ming nafardan ortiq kichkintoy tarbiyalanmoqda.

Boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha tarbiyaviy-ma’rifiy ishlar tizimi maktabgacha ta’limga bo‘lgan davlat talablari asosida ishlab chiqilgan "Bolajon" dasturi bo‘yicha amalga oshirilmoqda. Unda bolalarning ma’naviy va jismoniy kamol topishi, ijtimoiy-emotsional rivojlanishi, gigiyena, o‘qish va yozishni o‘rganishga oid dastlabki bilim va ko‘nikmalar, atrof-olamni tushunish va unga oid bilimlar o‘rin olgan.

Psixolog mutaxassislarning ta’kidlashicha, inson umri davomida o‘rganishi mumkin bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarning 70 foizini maktabgacha yoshda, qolgan o‘ttiz foizini umrining keyingi davri mobaynida qabul qilarkan.

Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 68-maktabgacha ta’lim maskanida to‘rt yuz nafar bola tarbiyalanadi. “Bolajon” ma’rifiy dasturiga ko‘ra bu yerda kichkintoylarni maktabga tayyorlashga oid mashg‘ulotlar haftada 14 yo‘nalishda olib boriladi.

– Matematika, nutq o‘stirish, savodxonlik, atrof-muhit va tabiat bilan tanishish, musiqiy tarbiya bo‘yicha o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar bolalarning dastlabki bilimlari, ongu tafakkuri, mantiqiy fikrlashi to‘g‘ri shakllanishiga yaqindan ko‘maklashadi, – deydi mazkur muassasa mudirasi Dildora Akramova. – Tasviriy san’atga oid mashg‘ulotlar loydan buyumlar yasash, applikatsiya, rasm chizish singari shakllarda yo‘lga qo‘yilgan. Ingliz tilini o‘rganishga oid darslar bolalarning xorijiy tillarni o‘rganishga doir bilimini 5-7 yoshdan mustahkamlab borsa, jismoniy tarbiya bo‘yicha mashqlar bolalar har jihatdan barkamol inson bo‘lib voyaga yetishi, ularda qat’iyat, iroda, o‘ziga bo‘lgan ishonchning yanada kuchayishiga xizmat qiladi.

Ushbu muassasada nutq o‘stirish, atrof-muhit va tabiat bilan tanishishga oid mashg‘ulotlarda kichkintoylarga jonajon Vatanimiz, madhiyamiz, gerbimiz va bayrog‘imiz kabi davlat ramzlariga oid dastlabki tushunchalar, yurtimizning qadimiy shaharlari, milliy ma’naviyatimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk allomalarimiz haqida dastlabki taassurotlar qiziqarli hikoyalar, fotosuratlar, turli filmlar namoyishi yordamida tushuntirib boriladi.

Psixolog, logoped ishtirokida o‘tkaziladigan intellektual o‘yin tarzidagi mashqlarda bolalarning o‘zini tutishi, aqliy faoliyatini o‘stirish, so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz etish, urg‘uni to‘g‘ri qo‘yishga oid ko‘nikmalarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Har bir guruhga kiraverishdagi yo‘lakchadan o‘rin olgan bolalarning o‘ziga xos ijod namunalari – turli o‘yinchoqlaru rasmlar ota-onalarga farzandi mashg‘ulotlarda nechog‘li faolligi, uning dunyoqarashi, tafakkuri, iste’dodi, beg‘ubor orzu-istaklari haqida to‘laqonli ma’lumot beradi.

Bog‘chadagi maydonchada turli-tuman gullar, mevali va manzarali daraxtlar ko‘kka bo‘y cho‘zmoqda. Bularning bari kichkintoylarning jajji qo‘llari, mehr va e’tiboridan unayotgan nihollardir. Bu yerda “Atrof-muhit va tabiat bilan tanishish” mashg‘uloti jarayonida bolalar tarbiyachi opa ko‘magida gul va daraxt ko‘chatlarini parvarishlashi an’anaga aylangan. Ushbu mashg‘ulot o‘g‘il-qizlarda o‘z yurti, undagi har bir daraxt, ko‘chat uchun mas’uliyatni his etish, mehr-saxovat, bag‘rikenglik tuyg‘ularini qaror toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mirobod tumanidagi 60-maktabgacha ta’lim maskanida nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalar tarbiyalanadi. Bog‘cha tarbiyachisi Xolida Narimonovaning ta’kidlashicha, bu yerda o‘g‘il-qizlar bilan ishlash asosan o‘rta, katta va tayyorlov guruhlari bo‘yicha olib boriladi. Ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda o‘sib kelayotgan yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy an’analarimizga hurmat ruhi bilan yo‘g‘rilgan mashg‘ulotlarni tizimli asosda o‘tkazishga katta e’tibor qaratilmoqda.

Musiqa, tasviriy san’at, raqs, sport, ekologiya kabi to‘garaklar faoliyatini yuqori saviyada o‘tkazishda tarbiyachilar, sport murabbiylari, musiqa rahbarlari, mohir pedagoglarning hissasi katta bo‘lmoqda. Tajribali murabbiylar bilan birga defektolog, psixolog ishtirokidagi yakka tartibda o‘tkaziladigan korreksion mashqlar bolalar nutqidagi nuqsonlarni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Nutq o‘stirishga oid mashg‘ulotlar davomida xalq ertaklari, dostonlar, maqol va tez aytishlar, topishmoqlar bolalarning nutqi ravonligini ta’minlashi barobarida ularda Vatanga sadoqat, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat-ehtirom tuyg‘ularini mustahkam qaror toptirishga xizmat qilmoqda.

Muazzam maydonlar, muzeylar, bolalar badiiy ijodiyoti markazlari, Yoshlar ijod saroyi, ko‘rgazma zallari va galereyalar, san’at va madaniyat maskanlariga tashkil etilayotgan sayohatlar kichkintoylarni yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari bilan tanishtirish, ularning badiiy saviyasi, intellektual tafakkurining o‘sishida muhim omil bo‘lmoqda.



 

  Manba: UzA
 
Просмотров: 889 | Добавил: Bahodir | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Kirish uslubi
Saytdan izlash
Taqvim
«  Oktabr 2014  »
DuSeChPaJuShYa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Arxiv
Foydali saytlar
  • XTV sayti
  • Ziyonet
  • Hukumat portali
  • Respublika ta'lim markazi
  • Bolalar kutubxonasi
  • Respublika tashxis markazi
  • Copyright MyCorp © 2024