Shanba, 12.10.2024, 14:19
Hush kelibsiz Гость | RSS
 Toshkent viloyati Parkent tumani Xalq Ta'limi Bo'limi
Bosh sahifa Ro'yxatdan o'tishKirish
Sayt menyusi
Паркент
ЕвроМетео
Statistika

Jami onlaynda 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar 0
Главная » 2015 » Mart » 13 » Tayanch maktablarda mahorat darslari boshlandi
17:52
Tayanch maktablarda mahorat darslari boshlandi
Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Multimedia umumta'lim dasturlarini rivojlantirish markazida vazirlik mutasaddilari ishtirokida tuman(shahar)lardagi tayanch maktablar negizida chet tili o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini doimiy oshirib borish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va navbatdagi vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan videokonferentsiya bo'lib o‘tdi. Tadbirni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta'limi boshqarmalari, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlari mutasaddilari, chet tili fani uslubchilari, xorijiy til o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirish bo‘yicha tayanch maktab etib belgilangan umumta'lim muassasalari direktorlari va trener-o‘qituvchilar joylarda turib to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatdi. Yig‘ilishni Xalq ta'limi vaziri U.Inoyatov olib bordi.
Tadbirda Prezidentimizning «Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida chet tili o‘qituvchilarining lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash uchun o‘tkaziladigan test sinovlari tartibiga kiritilgan o‘zgartirishlar, xorijiy til o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirish bo'yicha tashkil etilayotgan har haftalik malaka oshirish kurslarining trener-o'qituvchilari hamda tinglovchilari uchun ma'ruza matnlari, tarqatma va test materiallari, mashg‘ulot jurnallari va boshqa metodik qo‘llanmalar yetkazilgani, tayanch maktablarning barcha zarur o‘quv va axborot-kommunikatsiya vositalari bilan ta'minlanganlik holati haqida so‘z yuritildi.
— Chet tili o‘qituvchilari oylik ustama olish uchun tinglab tushunish, o‘qish, leksik va grammatik kompetensiyalar, chet tilini o‘qitish metodikasi, yozish, gapirish bo‘limlari bo‘yicha test sinovlaridan o‘tkazilardi. O‘qituvchilarga yengillik yaratish maqsadida bu yildan e'tiboran mazkur tizim soddalashtirildi, — deydi Davlat test markazi mutaxassisi Komil Jalilov. — Test olish muddati va apellyatsiya shikoyatini berish tartibiga ham o‘zgartirishlar kiritildi. Chet tilini bilish darajasini ko‘rsatuvchi testlardan o‘tib, xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritgan pedagoglar test sinovlarisiz ustama olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Test sinovlariga tayyorlanishda zarur bo‘ladigan qo‘llanmalar Davlat test markazining saytiga joylashtirildi. Saytda ular uchun interaktiv xizmatlar ham yo‘lga qo‘yilgan.
Ayni paytda yurtimizdagi yigirma mingdan ortiq chet tili o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirish bo‘yicha har bir hududdan pedagoglar qatnashi uchun qulay, barcha shart-sharoitlarga ega 573ta maktab tayanch ta'lim muassasasi etib belgilangan. Abdulla Avloniy nomidagi XTXQTMOM institutida bir haftalik malaka oshirish kursida qatnashgan 700 dan ziyod trener-o‘qituvchilar kuni kecha — mart oyining birinchi jumasidan o‘z hududidagi tayanch maktabda mashg‘ulotlar o‘tkazishni boshladi.
Yig‘ilishda bu jarayonga biriktirilgan mutasaddilar, chet tili metodistlari va trener-o‘qituvchilarning shayligi muhokama etilib, mashg‘ulotlarni nizom talablari asosida o'tkazish, o‘qituvchilarga barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Просмотров: 928 | Добавил: Bahodir | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Kirish uslubi
Saytdan izlash
Taqvim
«  Mart 2015  »
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Arxiv
Foydali saytlar
  • XTV sayti
  • Ziyonet
  • Hukumat portali
  • Respublika ta'lim markazi
  • Bolalar kutubxonasi
  • Respublika tashxis markazi
  • Copyright MyCorp © 2024