Shanba, 12.10.2024, 14:20
Hush kelibsiz Гость | RSS
 Toshkent viloyati Parkent tumani Xalq Ta'limi Bo'limi
Bosh sahifa Ro'yxatdan o'tishKirish
Sayt menyusi
Паркент
ЕвроМетео
Statistika

Jami onlaynda 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar 0
Главная » 2014 » Noyabr » 5 » Umid nihollari
06:43
Umid nihollari
O‘zbekistonda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan kelib chiqib o'quvchilar o'rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ular orasida sportni ommalashtirish maqsadida uch bosqichli yagona sport o'yinlari tizimi — «Umid nihollari», «Barkamol avlod» va «Universiada» musobaqalari o'tkazib kelinadi. Mazkur tizim yosh avlodni sog'lom turmush tarzi tamoyillari asosida tarbiyalash, ularning sportga qiziqishini, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usini oshirishga xizmat qilmoqda.
Yana bir muhim jihati, ushbu sport o'yinlarining aniq dastur asosida yurtimizning barcha hududlarida muntazam o‘tkazilishi joylarda zamon talablariga javob beradigan, yangicha qiyofadagi muhtasham sport maskanlari, stadionlar, suzish havzalarining barpo etilishi, yangidan-yangi sport seksiyalari va majmualari faoliyatining yo‘lga qo‘yilishiga olib kelmoqda.
Joriy yilning 4-9 noyabr kunlari respublikaning barcha hududlarida umumiy o‘rta ta‘lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Umid nihollari” sport musobaqalarining maktab va tuman (shahar) bosqichi bo‘lib o'tadi. Unda 1-4 sinf o‘quvchilari sportning 5 ta turi bo‘yicha, 5-9-sinf o‘quvchilar 6 ta tur bo‘yicha o‘zaro bellashadilar.
“Umid nihollari” sport musobaqalarinig maktab va tuman (shahar) bosqchilari o‘quvchilarning kuzgi ta'til kunlarida o'tkaziladi. Bu esa ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va foydali tashkil etish imkonini beradi.
Shuningdek, kuzgi ta'til kunlarida o‘quvchi-yoshlarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun umumiy o‘rta ta'lim maktablari, bolalar va o‘smirlar sport maktablari, sport majmualaridagi to‘garaklar va seksiyalar, suzish havzalari to‘laqonli faoliyat ko'rsatadi. Bugungi kunda respublikada ularning soni 65 423 tani tashkil qilib, sport to‘garaklarida 1 mln. 637 943 nafar o‘quvchilar sport bilan muntazam shug‘ullanib kelmoqda. Sport to‘garaklarida qatnashish 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun bepul.
Xalq ta'limi vazirligi
Axborot xizmati

Maqola sanasi: 04 Noyabr 2014 16:04
[/c][/r][/l][/hide]
Просмотров: 973 | Добавил: Bahodir | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Kirish uslubi
Saytdan izlash
Taqvim
«  Noyabr 2014  »
DuSeChPaJuShYa
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
Arxiv
Foydali saytlar
  • XTV sayti
  • Ziyonet
  • Hukumat portali
  • Respublika ta'lim markazi
  • Bolalar kutubxonasi
  • Respublika tashxis markazi
  • Copyright MyCorp © 2024