Shanba, 12.10.2024, 14:20
Hush kelibsiz Гость | RSS
 Toshkent viloyati Parkent tumani Xalq Ta'limi Bo'limi
Bosh sahifa Ro'yxatdan o'tishKirish
Sayt menyusi
Паркент
ЕвроМетео
Statistika

Jami onlaynda 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar 0
Главная » 2016 » Mart » 16 » Umumxalq xayriya hashari
16:20
Umumxalq xayriya hashari
Joriy yilning 11-13-mart kunlari barcha xalq ta'limi muassasalarida umumxalq xayriya hashari tashkil etilib, unda 2 milliondan ortiq soha vakillari va yoshlar ishtirok etishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2016-yil 4-martdagi farmoyishi ijrosini ta'minlash maqsadida 11-13-mart kunlari barcha xalq ta'limi muassasalarida umumxalq xayriya hashari tashkil etilib, unda 2 milliondan ortiq soha vakillari va yoshlar ishtirok etishdi.

Mazkur xayriya hasharidan ko‘zlangan maqsad Navro‘z umumxalq bayramiga munosib tayyorgarlik ko‘rish, o‘qituvchi va o‘quvchilar orasida milliy qadriyatlarimizga xos bo‘lgan o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, ta'lim muassasalarida obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash, “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida hayotga tatbiq etishdir.

Hashar kunlari mamlakatimiz bo‘ylab soha vakillari tomonidan ming gektarga yaqin maydon obodonlashtirildi. Ta'lim muassasalari, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgoh va qabristonlar tartibga keltirildi. 3 milliondan ortiq manzarali, mevali daraxtlar va gul ko‘chatlari ekildi. 1757 ta ziyoratgoh va qabriston tartibga keltirildi. Ariq-zovurlar, lotoklar tozalandi. Maxsus ajratilgan transportlarda chiqindilar belgilangan joylarga chiqarib tashlandi.

Umumxalq xayriya hashari barcha xalq ta'limi muassasalarida yuqori saviyada tashkil etilib, yigit-qizlar o‘zlari yashayotgan mahalla, o‘qiyotgan ta'lim maskanida olib borilgan obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etishdi.

Xalq ta`limi vazirligi
Axborot xizmati
Просмотров: 654 | Добавил: Bahodir | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Kirish uslubi
Saytdan izlash
Taqvim
«  Mart 2016  »
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Arxiv
Foydali saytlar
  • XTV sayti
  • Ziyonet
  • Hukumat portali
  • Respublika ta'lim markazi
  • Bolalar kutubxonasi
  • Respublika tashxis markazi
  • Copyright MyCorp © 2024