Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan boshlang‘ich ta’lim sifatini oshirishning dolzarb vazifalari mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Tadbir ishtirokchilari dastlab poytaxtimizning Sergeli tumanidagi 300-maktabda boshlang‘ich ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, o‘qitish jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish borasidagi ish tajribasi bilan tanishdi.
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri U.Inoyatov va boshqalar ta’lim sohasini tubdan isloh etish borasida amalga oshirilayotgan ezgu sa’y-harakatlar o‘g‘il-qizlarga puxta bilim berish, ularni milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat, ona Vatanga sadoqat ruhida kamol toptirishga xizmat qilayotganini ta’kidladi.
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘qituvchilarning darslarga ijodkorlik bilan yondashishini ta’minlash, bilim berish jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish maqsadi
...
Davomini o'qish »