O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan yurtimizdagi barcha umumta’lim maktablarida oktabr oyi – o‘zbek tili va adabiyoti fanlari oyligi, deb e’lon qilingan. Uning doirasida ta’lim muassasalarida ochiq darslar, uchrashuvlar, viktorinalar va tanlovlar tashkil etilmoqda.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 1989-yilda “Davlat tili haqida”gi qonunning qabul qilinishi tilimizning mavqeini mustahkamlash va yanada rivojlantirishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Mamlakatimizda “Davlat tili haqida”gi qonunning ijrosini ta’minlash yuzasidan Xalq ta’limi vazirligi va Respublika ta’lim markazi tomonidan ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ayni kunlarda oylik doirasida o‘zbek tiliga oid ilmiy-ma’rifiy adabiyotlar, lug‘atlar, darslik va qo‘llanmalar taqdimotlari o‘tkazilmoqda. Yozuvchi va shoirlar, tilshunos va adabiyotshunos olimlar, san’at va madaniyat namoyandalari, ma’naviyat targ‘ibotchilari ishtirokida
...
Davomini o'qish »