Shanba, 12.10.2024, 14:19
Hush kelibsiz Гость | RSS
 Toshkent viloyati Parkent tumani Xalq Ta'limi Bo'limi
Bosh sahifa Ro'yxatdan o'tishKirish
Sayt menyusi
Паркент
ЕвроМетео
Statistika

Jami onlaynda 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar 0
Главная » 2014 » Aprel » 23 » “Elektron hukumat”: qulay va xavfsiz
18:00
“Elektron hukumat”: qulay va xavfsiz

Davlatimiz rahbarining 2013-yil 27-iyunda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori axborot sohasini takomillashtirishda muhim omil bo‘layotir. Mazkur qarorga muvofiq, 2013-2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. Qaror ijrosini ta’minlash doirasida O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi huzurida yangi tuzilmalar – “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi va Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi tashkil etildi. Ushbu markazlar oldiga mamlakatimiz axborot resurslari, tizim va tarmoqlarini jadal rivojlantirishdek muhim maqsad va vazifalar qo‘yildi. “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish yo‘lida “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi faoliyati mamlakatimizda davlatning aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan elektron hamkorlik tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini ishlab chiqishga qaratilgan. Davlat organlarida foydalaniladigan ma’lumotlar bazasi va axborot resurslarini loyihalashtirish, ishlab chiqish va birlashtirish mexanizmini nazarda tutadigan ushbu tizimni shakllantirishga yagona texnologik yondashuvni ta’minlaydigan mazkur markaz bu boradagi jahon tendensiyalari hamda xorijiy mamlakatlar tajribasini tahlil va tadqiq etadi. “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish jarayonida tadbirkorlik subyektlari va aholiga vaqt va mablag‘ni tejagan holda sifatli davlat xizmatlari ko‘rsatishga alohida e’tibor berilmoqda. Shuning uchun davlat organlari faoliyatining funksional va operatsiya jarayonlarini tizimli asosda qayta tashkil etish, davlat xizmatlari ko‘rsatish bilan bog‘liq biznes jarayonlarini boshqarishning innovatsion mexanizmlarini joriy qilish, takomillashtirish va optimallashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash markaz faoliyatining muhim yo‘nalishlaridandir. Bu borada markaz tomonidan “Elektron hukumat” tizimi doirasida interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish va ulardan foydalanish samaradorligining asosiy yo‘nalishlari, loyihalarni amalga oshirishning maqsadli ko‘rsatkichlarini aniqlash uslubi ishlab chiqilmoqda. Markazning samarali faoliyat yuritishi uchun malakali xodimlar tanlab olinayotir. Bugungi kunda markazda tajribali va yosh kadrlardan iborat mutaxassislar jamoasi shakllangan. – Mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari bilan bir qatorda chet elda ta’lim olgan mutaxassislarni ham ishga taklif etmoqdamiz, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi direktori Sh.Habibullaxo‘jayev. – Yetakchi oliy o‘quv yurtlarining bakalavriat va magistratura yo‘nalishini bitirayotgan talabalar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. O‘zi haqida ma’lumot taqdim etgan besh yuz nafardan ziyod talaba orasidan munosib nomzodlarni tanlab olib, suhbatga taklif etdik. 2013-2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga muvofiq tegishli me’yoriy-huquqiy baza takomillashtirilmoqda. Aholi va tadbirkorlik subyektlarining davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro hamkorligini elektron shaklda amalga oshirishga qaratilgan ishlar olib borilmoqda, davlat boshqaruvi tizimiga “yagona oyna” tamoyili joriy etilmoqda. “Elektron hukumat” tizimi ma’lumotlar bazasi va axborot tizimlari kompleksini yaratishga qaratilgan tadbirlar belgilanib, davlat organlari interaktiv xizmatlarining turli yo‘nalish va sohalari bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar ishlab chiqildi. “Elektron hukumat” tizimida yigirmadan ziyod loyiha amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasining hukumat portali (www.gov.uz) shular jumlasidan. Fuqarolar yoki tadbirkorlik subyektlari, tashkilot va muassasalar vakillari ushbu portal orqali davlat hokimiyatining barcha elementlari bo‘yicha to‘liq axborot olishi, u yoki bu davlat organiga elektron shaklda rasmiy so‘rov yuborishi mumkin. Portalda muhim interaktiv davlat xizmatlarining reyestri ham joylashtirilgan. Internet tarmog‘ida "yagona oyna" rejimida Yagona interfaol davlat xizmatlari portalining (www.gov.uz) ishga tushirilishi bu boradagi ishlarning mantiqiy davomi bo‘ldi. Bugungi kunda ushbu portal yigirmadan ortiq yo‘nalish bo‘yicha 170 dan ziyod interaktiv xizmatdan foydalanish imkonini bermoqda va davlat xizmatlarini qamrab olishni kengaytirib, o‘z vazifalarini takomillashtirib bormoqda. Axborot xavfsizligini ta’minlash – taraqqiyotning muhim omili Umumjahon axborot globallashuvi jarayonlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini nafaqat mamlakatlar iqtisodiyoti va boshqa sohalariga joriy etish, balki axborot tizimlari xavfsizligini ta’minlashni ham taqozo etayotir. O‘zbekiston axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xalqaro xavfsizlik tizimiga Markaziy Osiyoda birinchilardan bo‘lib qo‘shildi. Davlatimiz rahbarining 2005-yil 5-sentabrda qabul qilingan “Milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarining komputer xavfsizligini ta’minlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga binoan “Uzinfocom” komputer va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi huzurida “UZ-CERT” komputer hodisalariga chora ko‘rish xizmati tashkil qilindi. Ushbu xizmat asosida Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi huzurida Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi tuzildi. Ushbu markazning asosiy maqsadi “Elektron hukumat” tizimi ma’lumotlar bazasi, resurslari va axborot tizimlari kompleksining axborot xavfsizligini ta’minlash, davlat organlarining tegishli resurs va tizimlarining axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishga ko‘maklashishdan iborat. Markaz xodimlari axborot xavfsizligining zamonaviy tahdidlari haqida ma’lumotlar to‘plash va tahlil qilish, “Elektron hukumat” tizimi ma’lumotlar bazasi, resurslari va axborot tizimlari kompleksiga noqonuniy kirishga oid harakatlarning oldini olishga qaratilgan tashkiliy va dasturiy-texnik qarorlar qabul qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish bilan shug‘ullanmoqda. “Elektron hukumat” tizimining axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi me’yoriy-huquqiy bazani, shuningdek, milliy internet segmentini takomillashtirish borasida takliflar ishlab chiqish ham markaz faoliyatning yo‘nalishlaridan biridir. – Faoliyatimiz internetdan foydalanuvchilarni global tarmoqning milliy segmentida paydo bo‘ladigan axborot xavfsizligi tahdidlaridan o‘z vaqtida ogohlantirish, axborotni himoya qilish bo‘yicha maslahat xizmatlari ko‘rsatishga yo‘naltirilgan, – deydi Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi direktorining birinchi o‘rinbosari Z.Rahmatullayev. – Oldimizga qo‘yilgan vazifalarga erishish, umumjahon standartlari darajasida axborot xavfsizligini ta’minlash maqsadida bu boradagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish ko‘zda tutilmoqda. Iqtisodiyotimiz tarmoqlari va hayotimizning barcha sohalariga yuqori texnologiyalarni joriy etish, davlat organlarining aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan interaktiv hamkorligini kengaytirish mamlakatimizni jadal rivojlantirish kafolatidir. Ayni paytda xavfsizlikni ta’minlamasdan taraqqiyotga erishib bo‘lmaydi. Shu bois “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi va Axborot xavfsizligini ta’minlash markazining tashkil etilishi hamda ularning o‘zaro hamkorligi O‘zbekistonda milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirishning muhim bosqichidir.

Manba: O'zA

Просмотров: 705 | Добавил: Bahodir | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Kirish uslubi
Saytdan izlash
Taqvim
«  Aprel 2014  »
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930
Arxiv
Foydali saytlar
  • XTV sayti
  • Ziyonet
  • Hukumat portali
  • Respublika ta'lim markazi
  • Bolalar kutubxonasi
  • Respublika tashxis markazi
  • Copyright MyCorp © 2024