Shanba, 12.10.2024, 14:15
Hush kelibsiz Гость | RSS
 Toshkent viloyati Parkent tumani Xalq Ta'limi Bo'limi
Bosh sahifa Ro'yxatdan o'tishKirish
Sayt menyusi
Паркент
ЕвроМетео
Statistika

Jami onlaynda 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar 0
Главная » 2014 » Aprel » 2 » IQTIDORLI O‘QUVCHILAR SARALANDI
23:30
IQTIDORLI O‘QUVCHILAR SARALANDI

Maktab o‘quvchilari orasidan eng iqtidorlilarini aniqlash va rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazilayotgan bilimlar bellashuvining 3-bosqichi barcha viloyatlarda yuqori saviyada tashkil etildi. Yakkasaroy tumanidagi 144-umumta’lim maktabida mazkur bahsning Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi. — Joriy yilda Toshkent shahri bo‘yicha bilimlar bellashuvining maktab bosqichida 90279 nafar, 2-bosqichda esa 8368 nafar iqtidorli o‘g‘il-qiz kuch sinashdi, — deydi Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi metodisti Gulchehra Mamanbaeva. — Tuman bosqichida 1-o‘rinni egallagan 510 nafar ishtirokchi shahar bosqichida bellashdi. Ulardan 101 nafari ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablari o‘quvchilari. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga qaraganda ancha yuqori. Bu esa o‘quvchilarning sinovlarga puxta tayyorgarlik ko‘rayotganidan dalolat bermoqda. Bellashuvning Toshkent viloyat bosqichi O‘rta Chirchiq tumanidagi 1-umumta’lim maktabida o‘tkazildi. O‘quvchilarning bilimlari yozma va amaliy ish hamda test savollari orqali sinovdan o‘tkazildi. Ta’kidlash lozimki, bilimlar bellashuvining saralash bosqichlarida o‘quvchilar o‘zlarining yuqori bilimga egaligini namoyish etishmoqda. Turli fanlardan o‘quvchilarning bilim ko‘rsatkichlari yildan-yilga ko‘tarilib borayotgani hakamlar hay’ati tomonidan alohida qayd etildi. — Ingliz tilidan tinglab tushunish shartida 5ta test savoliga javob berdik. Jarayonda talaffuzimdagi kamchiliklarni aniqlab, lug‘at bilan yanada ko‘proq ishlashim kerakligini tushundim, — deydi Oqqo‘rg‘on tumanidagi 8-maktab o‘quvchisi Sarvinoz Ahmatova. G‘olib o‘quvchilar bellashuvning respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.

manba: Ma'rifat gazetasi.

Просмотров: 815 | Добавил: Bahodir | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Kirish uslubi
Saytdan izlash
Taqvim
«  Aprel 2014  »
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930
Arxiv
Foydali saytlar
  • XTV sayti
  • Ziyonet
  • Hukumat portali
  • Respublika ta'lim markazi
  • Bolalar kutubxonasi
  • Respublika tashxis markazi
  • Copyright MyCorp © 2024