Shanba, 12.10.2024, 14:19
Hush kelibsiz Гость | RSS
 Toshkent viloyati Parkent tumani Xalq Ta'limi Bo'limi
Bosh sahifa Ro'yxatdan o'tishKirish
Sayt menyusi
Паркент
ЕвроМетео
Statistika

Jami onlaynda 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar 0
Главная » 2014 » Aprel » 2 » SO‘NGGI BOSQICHGA HOZIRLIK KO‘RILMOQDA
23:44
SO‘NGGI BOSQICHGA HOZIRLIK KO‘RILMOQDA

2010-2011 o‘quv yilidan e’tiboran umumta’lim maktablarining V–VIII sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazib kelinayotgan bilimlar bellashuvining joriy yilgi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi nihoyasiga yetib, hududlar miqyosida maktab hamda tumanlarning dastlabki reytingi aniqlandi. Xalq ta’limi vazirligi va Respublika ta’lim markazi tomonidan tashkil etilgan brifingda dastlabki bosqichlar natijalari va so‘nggi (respublika) bosqichiga tayyorgarlik ishlarining borishi to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Aytish joizki, bilimlar bellashuvini o‘tkazishdan maqsad sog‘lom raqobat asosida o‘quvchilarning bilim olishga ishtiyoqini kuchaytirish, qobiliyati va iqtidorini quyi sinflardayoq aniqlash, davlat ta’lim standartlarida belgilangan talablar bajarilishi holatini tahlil etish hamda ta’lim sifati ko‘rsatkichlari orqali o‘qituvchilar, ta’lim muassasalari, hududiy xalq ta’limi boshqaruvi idoralari faoliyatini baholashdan iborat. Bu yil tadbirni o‘tkazish tartibi yanada takomillashtirilib, imtihon fanlari soni 10tadan 16taga oshirildi. Shuningdek, asosiy e’tibor o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amalda qo‘llay olishiga qaratilib, test bilan birgalikda yozma ish, laboratoriya mashg‘uloti, xorijiy tillar bo‘yicha yozma va og‘zaki muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish nazorat turlari ham kiritildi.

Bahslarda ishtirok etib, bilimlarini sinovdan o‘tkazish ishtiyoqidagi yoshlar soni yildan-yilga ortmoqda. Xususan, bu yil bellashuvning maktab bosqichida 1 million 950 ming, tuman bosqichida 320 ming nafardan ortiq, hududiy bosqichlarda esa 6 ming 843 o‘quvchi ishtirok etdi.

Tadbirning uchinchi bosqichini o‘tkazish uchun vazirlik tomonidan nazorat materiallari tayyorlanib, joylarga yetkazildi. Natijada 518 nafar (har bir hududdan 37 nafardan) iqtidorli o‘quvchi saralanib, bellashuvning yakuniy bosqichiga hamda «Yozgi intellektual rivojlantirish oromgohi»ga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

— Xalq ta’limi vazirligi tomonidan umumta’lim fanlari bo‘yicha bilimlar bellashuvining to‘rtinchi (respublika) bosqichini o‘tkazish tartibi ishlab chiqildi, — deydi vazirlikning umumta’lim maktablarida o‘quv-tarbiya jarayonini rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi Ma’ruf Vahobov. — Musobaqalar fan yo‘nalishlari bo‘yicha ikkiga bo‘lingan holda, «Yozgi intellektual rivojlantirish oromgohi»ning navbatiga mos ravishda shu yilning 13—14 iyun kunlari aniq, tabiiy va ijtimoiy fanlar, 27—28 iyun kunlari filologiya yo‘nalishidagi fanlar bo‘yicha tashkil etiladi. E’tiborlisi, bellashuv ahamiyatini oshirish, o‘quvchilar bilimini yaxlit tarzda baholash maqsadida respublika bosqichi bahslari mintaqalarda emas, balki yagona hudud — Toshkent shahrida o‘tkaziladi. Natijalar aniqlangach, barcha ishtirokchi o‘quvchilar oromgohga yo‘l olishadi.

Ayni paytda tadbirni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazishga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda.

manba: Ma'rifat gazetasi.

 

Просмотров: 716 | Добавил: Bahodir | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Kirish uslubi
Saytdan izlash
Taqvim
«  Aprel 2014  »
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930
Arxiv
Foydali saytlar
  • XTV sayti
  • Ziyonet
  • Hukumat portali
  • Respublika ta'lim markazi
  • Bolalar kutubxonasi
  • Respublika tashxis markazi
  • Copyright MyCorp © 2024