Shanba, 12.10.2024, 14:15
Hush kelibsiz Гость | RSS
 Toshkent viloyati Parkent tumani Xalq Ta'limi Bo'limi
Bosh sahifa Ro'yxatdan o'tishKirish
Sayt menyusi
Паркент
ЕвроМетео
Statistika

Jami onlaynda 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar 0
Главная » 2014 » Aprel » 4 » Yilning eng yaxshi fan o'qituvchilari aniqlandi.
08:35
Yilning eng yaxshi fan o'qituvchilari aniqlandi.

Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tizimda faoliyat ko'rsatayotgan ustoz va murabbiylar orasidan ilg'or tajribali, tashabbuskor, doimiy yangilikka intiluvchi o'qituvchilarni aniqlash va ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash maqsadida an'anaviy ravishda “Yilning eng yaxshi fan o'qituvchisi” ko'rik-tanlovi o'tkazib kelinmoqda.
Mazkur tanlov yurtimiz xalq ta'limi tizimidagi eng fidoyi, o'z kasbining ustasi bo'lgan pedagoglarni aniqlab beruvchi asosiy ko'rik-tanlovdir. Tanlovning o'tgan yillardagi bosqichlarini tahlil qiladigan bo'lsak, unda ishtirok etish istagini bildiruvchi ustoz va murabbiylarning soni oshib borayotganligi, ko'p yillik ish taribasiga ega o`qituvchilar bilan birga sohaga endigina kirib kelgan, shijoatli yoshlarning ham faol ishtirok etishi mazkur tanlovning nufuzi sohaga egalari orasida nechog'li baland ekanligini ko'rsatib turibdi.
Ko'rik-tanlovda kamida uch yil pedagogik ish tajribaga ega oliy, birinchi va ikkinchi toifali oliy ma'lumotli o'qituvchilar ishtirok etishi mumkin. Shuningdek, so'nggi uch yil davomida o'quvchilari DTS talablarini sifat samaradorligi 76-100 foiz ko'rsatkich bergan, “Bilimlar bellashuvi”da tuman (shahar), viloyat, respublika bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritgan pedagoglar ko'rik-tanlovda ishtirok etishga tavsiya etiladi.
Tanlov uch bosqichda: tuman (shahar), viloyat va respublika miqyosida tashkil etiladi. Tanlovning yakuniy respublika bosqichi joriy yilning 28-martdan 2-aprel kuniga qadar Toshkent shahrida tashkil etilib, unda 196 nafar pedagoglar 14 ta fan bo'yicha 4 ta turda o'zaro bellashdilar. BU yilgi tanlovlarda ishtirokchilarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan xabardorligi va ulardan ta'lim-tarbiya jarayonlarida samarali foydalanish malakasiga e'tibor qaratildi. Qatnashchilar, shuningdek, ta'lim sifatini oshirishga oid muammmolar va ularning yechimi bo'yicha o'z taklif-mulohazalarini taqdimot shaklida namoyish etishdi.
Yakuniy bosqichda har bir fandan 1-o'rinni egallagan o'qituvchilarga Xalq ta'limi vazirligining “Yilning eng yaxshi fan o'qituvchisi” I darajali diplomi, “Xalq ta'limi a'lochisi” ko'krak nishoni hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Tanlovning Respublika bosqichida faol ishtirok etgan o'qituvchilarning ish tajribalari Respublika, viloyat miqyosida keng ommalashtiriladi, dars ishlanmalari to'plam sifatida chop etilib, ular ishtirokida seminarlar tashkil etiladi.

 

“Yilning eng yaxshi fan o'qituvchisi -2014” ko'rik-tanlovining Respublika bosqichi g'oliblari

Ona tili va adabiyot
Qo'shakova Muborak Rahimovna
Qo'qon shahar 40-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi
Ingliz tili
Maxmudova Gulshan Rashitxonovna
Namangan shahar 6-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi
Fransuz tili
Niyazmetova Shirin Orifjanovna
Chilonzor tumani 162-umumiy o'rta ta'lim maktabi
Boshlang'ich ta'lim
Islomxo'jaeva Yoqutxon Sultonaliyevna
Qo'qon shahar 32-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi
Davlat va huquq asoslari
Xayitov Nodirjon Sobirovich
Xamza tumani 69-umumiy o'rta ta'lim maktabi
Geografiya
Komilova Tursunoy Dilmurodovna
Farg'ona shahar 20-umumiy o'rta ta'lim maktabi
Biologiya
Xudayberganov Sharipboy Niyazmetovich
Xiva tumani 56-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi
Jismoniy tarbiya
Djinaliev Djaxangir Baxtiyarovich
Yakkasaroy tumani 48-umumiy o'rta ta'lim maktabi
O'zbek tili
Ro'zieva Gulnoza Maxsudjonovna
Quvasoy shahar 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi
Nemis tili
Mirzoeva Yeva Germanovna
Mirobod tumani 60-umumiy o'rta ta'lim maktabi
Iqtisodiy bilim asoslari
Narziev Jamshed Raxmiddinovich
G'ijduvon tumani 63-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi
Tasviriy san'at va chizmachilik
Kuramshina Elena Vladimirovna
Yakkasaroy tumani 89-umumiy o'rta ta'lim maktabi
Musiqa
Xudoyarova Ra'no Nabievna
Sergeli tumani 277-umumiy o'rta ta'lim maktabi
Mehnat ta'limi
Nasrullaeva Fatima Azatovna
Xamza tumani 244-umumiy o'rta ta'lim maktabi


 

manba: Xalq ta'limi vazirligi Axborot xizmati



 

Просмотров: 845 | Добавил: Bahodir | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Kirish uslubi
Saytdan izlash
Taqvim
«  Aprel 2014  »
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930
Arxiv
Foydali saytlar
  • XTV sayti
  • Ziyonet
  • Hukumat portali
  • Respublika ta'lim markazi
  • Bolalar kutubxonasi
  • Respublika tashxis markazi
  • Copyright MyCorp © 2024