Tinchlik inson uchun muqaddas qadriyat. Ko’ngli xotirjam, turmushi osoyishta kishi ezgu maqsadlar yo’lida olg’a intiladi, hayotni on sayin, kun sayin, yil sayin obod qilish harakatida bo’ladi, o’z fidoyi mehnati samaralarini ko’rib, yanada g’ayratga kiradi.
Shukrki, mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalik hukm surmoqda, xalqimiz osuda va va farovon hayot kechirayotir. Bularning barchasi Prezidentimiz Islom Karimovning el-yurtimiz ravnaqi yo’lida amalga oshirayotgan buyuk mehnatlari va g’amxo’rligi samarasidir.
Har qaysi millat va xalq uchun muqaddas sajdagoh bo’lmish ona Vatanni qadrlash, uning erkinligi va ozodligini himoyalash, bu yo’lda, kerak bo’lsa, jon fido qilish – shu yurtning jasur o’g’lonlari, o’zini er yigit deb biladigan insonlar uchun qadim-qadimdan or-nomus va mardlik belgisi bo’lib kelgan. Ko’hna va shonli tariximizdan yaxshi bilamizki, xalqimiz mana shunday fidoiylik va qahramonlik namunasini ko’rsatkan farzandlarini hamisha yuksak qadrlagan, ularning jaso
...
Davomini o'qish »